Mavzu : Uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti. Reja: Jinoyatchilik individual ratsional tanlov sifatida


EU = (1 - r) x i (Y) + r x i (Y - f) = U (Y - r x f)



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#164927
1   2   3   4   5   6   7   8
uyushgan jinoyatchilik

EU = (1 - r) x i (Y) + r x i (Y - f) = U (Y - r x f),
Bu yerda EU - jinoyatchilikdan kutilayotgan foydalilik (expected utility);
r - huquqbuzarni jazolash ehtimoli;
Y - jinoyatdan olinadigan daromad;
U - jinoyatchining foydalilik funksiyasi (utility);
f -jinoyat uchun jazolash .
Jinoyatchi uzoq vaqtli yuqoriga ko‘tarilishni ko‘zlayotgan ekan, u holda jinoiy faoliyatdan olinadigan daromadni baholashda u muqobil xarajatlarni – legal biznesdan olinadigan daromadni, ya’ni agar u “egri yo‘l”dan ketmay, olishi mumkin bo‘lgan daromadni hisobga olishi kerak. G.Bekker modelida shu tariqa potensial jinoyatchi faqat ikkita muqobilga: yo u jinoiy ko‘tarilishni (EU > 0 bo‘lganda) tanlaydi, yoki qonunga rioya qiluvchi fuqaroga (agar EU < 0) aylanadi.
G.Bekkerning izdoshlari tomonidan jinoiy faoliyatning boshqa murakkabroq modellari ham taklif etildi. Xususan, portfelli tanlov modeli keng tarqalgan: potensial jinoyatchi o‘z daromadini o‘z vaqtida (ya’ni o‘z pul yoki inson kapitalini) legal va nolegal faoliyatlar o‘rtasida turli nisbatlarda taqsimlashi mumkin
Ratsional jinoiy xatti – harakat modelining cheklanganligi.
Jinoyatlar va jazolashlar iqtisodiy nazariyasi chorak asrdan buyon rivojlanib bormoqda. Yangi nazariyada moda yangilik bo‘lishini to‘xtatdi, unda o‘zning yetakchi mutaxassislari va boy an’analari mavjud.
Biroq agar adabiyotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, ushbu mavzu bo‘yicha mashhur ishlarning asosiy massasi 1970 yillardayoq chop etilgan. Bir tomondan, yangi mavzu ochilgandan so‘ng kashfiyotlar seriyasi darhol zarur bo‘lishi, so‘ngra esa iqtisodchilar yanada “chuqurroq kovlay” boshlashlari to‘la tabiiydir. Boshqa tomondan, adabiyotlar bilan tanishishda dastlabki tadqiqotchilik uzilishlari tugallandi, “ikkinchi nafasni rostlash” esa hali kelmadi.
Jinoyatchilik iqtisodiyoti asosiy omillarining o‘zaro ta’siri
Iqtisodchi-kriminologlar ikkita turlicha to‘siqlarga – miqdor va sifat to‘siqlariga duch kelishadi, deb tasavvur qilinadi. Bir tomondan, jinoyatlar va jazolashlar iqtisodiy nazariyasida qabul qilingan jinoyatchilik va unga ta’sir qiluvchi turli omillar o‘zaro aloqadorligi juda soddalashtirilgandek tuyula boshlaydi. Boshqa tomondan, jinoyatchilik – bu ijtimoiy hayotning shunday sohasidirki, bu yerda madaniylashgan omillar katta ahamiyat kasb etib, zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ularni modellashtira olmaydi.

Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin