Mavzu : qadimgi xetlar dini qanday din



Yüklə 24,62 Kb.
səhifə2/7
tarix26.12.2023
ölçüsü24,62 Kb.
#198064
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu qadimgi xetlar dini qanday din-fayllar.org

1. Kichik Osiyoning tabiati. Kichik Osiyo yarimorol bo`lib, Osiyoning g`arbiy qismida joylashgan. U uch tomondan O`rtayer, Egey, Marmar va Pont (Qora) dengizlari bilan o`ralgan. Osiyo atamasi sharq, kun chiqish tomon degan ma`noni bildiradi. Kichik Osiyoning markaziy qismida Anatoliya yassitog`ligi bo`lib, atrofini Pont, Tavr va Antitavr tog`lari o`rab turadi. Tog` oralaridan Meandr, Qizilirmoq, Yashilirmoq, Jayhun, Sayhun daryo va juda ko`p soylar oqib chiqadi. Daryo bo`yi vohalari va dashtlarning tuprog`i unumdor. Yarim orolning dengizga yaqin joylarida iqlim mo`tadil, sharqqa tomon quruqlashib boradi. Kichik Osiyoning shimoliy va janubiy tomonlari o`simlik va hayvonot dunyosiga boy. Yarim orolda oltin, kumush, mis, temir, qalay kabi ma`danlar, xilma-xil tosh konlari ko`p. Bu o`lka odamlarning hayot kechirishlari uchun yaxshigina qulayliklarga ega bo`lgan. Shuning uchun bu yerda juda qadim zamonlardan boshlab kishilar yashab kelganlar. Keyinchalik yarim orolda xettlar, xuritlar, ossurlarva kashk kabi qabilalar yashaganlar. Lekin aholining asosiy qismini xettlar tashkil etgan. Xettlarning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmidan boshlab yarim orolga axeylar, dengiz xalqlari, firigiylar va kimmeriylar, eroniylar, yunonlar va rimliklar kirib kelib joylashganlar.
Qadim zamonlardayoq KichikOsiyoda Troya, Lidiya, Frigiya va Xett kabi davlatlar tashkil topgan edi. Bular orasida Xett podsholigi qudratli davlat darajasiga ko`tarilgan.
2. Qadimgi Xett podsholigi. Miloddan avvalgi III mingyillik oxiri va II mingyillik boshlarida Kichik Osiyoda juda ko`p qabilalar yashaganlar. Ular birlashib Nesa, Kanish Burusxand, Kussar va Xattusa kabi alohida shahar-davlatlarini tuzganlar. Miloddan avvalgi XVIII asr boshlarida Kussar hukmdori Pitxan yarimorolning sharqiy qismini birlashtirib, o`zini podsho deb e`lon qilgan. Pitxaning o`g`li Anitta uzoq davom etgan qattiq janglardan so`ng Nesa Xattusa, Zalpuva kabi shahar-davlatlarini bosib olib, Xett podsholigiga asos soladi. Nesa Xett podsholigining poytaxtiga aylantiriladi.

Yüklə 24,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin