Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


Kichik biznes faoliyatini yaratish va rivojlantirish quyidagi asosiy normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə3/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
BMI Maxmudova

Kichik biznes faoliyatini yaratish va rivojlantirish quyidagi asosiy normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»; 1994 yil 15 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va Xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabr qonuni; 1995 yil 5 yanvardagi «Xususiy tadbikorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmon; «Kichik va o‘rtacha tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida»gi 31 yanvar 1997 y. Farmoni; «Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatishning ba’zi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni; «Xususiy tadbikorlik kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada ragbatlantirish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi VII- 1978 t.r-li Farmoni; 2001 yil 22 avgustdagi "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 347 t. r. Qarori va boshqa qonuniy hujjatlar.

Bitiruv malaka ishining dolzarbligi: Mavzuning dolzarbligi shundaki, jamiyat taraqqiyotida insoniyat o‘ziga yaratilgan barcha shart sharoitlardan unumli foydalanish va bu jarayonga o‘zlarini psixologik tayyorlash orqali, yutuqlarga erishish yo‘llarini izlab topish, o‘z bilim , ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish davr talabidir. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy isloxotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqorolari rivojlangan Yevropa davlatlari, AQSh, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida yetarli axborotga ega bo‘lib bormoqdalar. Respublikada iqtisodiy isloxatlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvatlashni ta’minlash maqsadida: qator shart sharoitlar yaratilishi yosh kadrlarni qo‘shimcha tadbirkorlik faoliyatlarda o‘zlarini sinab ko‘rish va bu bilan o‘zlarining qobiliyatlarini tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Jumladan:

1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xuzuridagi davlat mulki jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi tashkil etilgan.



O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi raqobatchilikni rivojlanishiga iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to‘ldirishga yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi Respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy isloxotlarning eng muxim yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, ho‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bulardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy siyosiy vazifalarni xal etishi respublikaning barcha xududlarida siyosiy mo‘’tadillikni mustaxkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi, unga aolining aktiv qismini jalb etish, ishsizlikni, infilyatsiya va boshqa negativ salbiy ijtimoiy xolatlarni oldini olishi dolzarbdir.

Bulardan ko‘rinib turibdiki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarni psixologik tayyorlash va ularni o‘ziga ishonch, o‘z bilimlarini, yashirin potensial imkoniyatlardan foydalanish, mehnat malakalarini shakllantirish dolzarb masalalardan deb xisoblaymiz. Shu nuqtai nazardan biz yosh tadbirkor kadrlarni zamon talabi asosida kasbiy layoqatlarini shakllantirishning psixologik muammolarini yoritish va ilmiy , amaliy taxlil qilish maqsadida “Oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarning psixologik muammolari” mavzusini tanladik.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, davr talabining taqozosi, bozor munosabatlariga o‘tishning ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqqan. Shu tufayli bu faoliyatning ijtimoiy psixologik moxiyatidan kelib chiqib, o‘qish, o‘rganish yoshlarimizni, talabalarni va shunday faoliyat turi bilan shug‘ulanuvchilarni bilimini oshirishlari, to‘ldirishlari, ularning tadbirkorlik sohasidagi qobiliyati, tashabbusi va foydali xatti - harakatlarini oshirishlari maqsadga muvofiqdir. Demak, zamonaviy biznes yo‘nalishlarini taxlil qilish, o‘rganish, uning rivojini ta’minlash yo‘llarini ko‘rsatish va unga taa’lluqli bo‘lgan nazariy bilimlar bilan, biznes sohasida qo‘lga kiritilgan tajriba va yutuqlar bilan tanishtirish, ularni o‘rganish, mavjud psixologik muammolar yechimini topish mavzuimizning dolzarbligi hisoblanadi.


Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin