Mavlono lutfiy (1366-1465) Lutfiy (1366 Hirot 1465), Mavlono Lutfiy — o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi»



Yüklə 11,26 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü11,26 Kb.
#199991
MAVLONO LUTFIY


MAVLONO LUTFIY (1366-1465)

Lutfiy (1366 - Hirot - 1465), Mavlono Lutfiy — o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi.


Lutfiyning hayot yo‘li singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi o‘qish, o‘rganish va badiiy ijod mehnati bilan o‘tgan. Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida ma’lumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida «oftob» radifli bir she’r yozgan, o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tatabbu’ qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning «panjasiga panja» ura olmaganlar. Navoiyning yozishicha, Lutfiy 90 yoshdan o‘tganda, Abdurahmon Jomiy otig‘a radifi «suxan» saj’ qasidae aytib erdiki, zamon xushgo‘ylari barcha xo‘bliqqa musallam» tutmishlar («Nasoyim ul-muhabbat»).
Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy-tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va ma’rifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy so‘zi bilan aytganda, u «forsiy va turkiyda naziri yo‘q» shoir bo‘lgan. Lutfiy garchi o‘z ona tili — turkiy tilda yaratilgan she’rlari bilan mashhurlikka yetishgan bo‘lsada, forsiyda ham o‘zining shoirlik iqtidori va mahoratiga ko‘pchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, Lutfiy she’riyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uyg‘unlashtirgan edi. Ammo u so‘nggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, o‘zbek she’riyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechog‘lik «ma’ruf va mashhur» bo‘lmasin, «darveshlik tariqini dag‘i ilikdan» (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddi shu narsa uning nafaqat o‘z zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega ko‘tarilishiga bir asos bo‘lgan.
Haqiqatan qam Lutfiyning she’riyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin she’riyat. Bizgacha shoirning 16—20-asrlar mobaynida ko‘chirilgan turkiy devonining 33 qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan bo‘lib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxo‘jaevning aniklashi bo‘yicha, Lutfiy kalamiga mansub mavjud she’rlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) g‘azal janrida yozilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Lutfiy g‘azalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik an’analar bilan xalq og‘zaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning g‘azallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qayg‘u va shodlik tasviri takrorsiz bir ta’sirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gazallarida, ruboiy, tuyuq, qit’a, fardga o‘xshash boshqa janrlardagi she’rlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuyg‘ularini tarannum etgan. Shoirning:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, —
kabi misralarini o‘qiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga ba’zan ishonish ham qiyin bo‘ladi. Chunki ular shu darajada sodda, og‘zaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.
Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat bo‘lsada, shoir deyarli har bir she’rida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga o‘xshamaydigan badiiy san’atlarni qo‘llaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal san’ati namoyon bo‘lgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qit’alarini ham san’at namunasi maqomiga ko‘tara olgan.
Yaqin-yaqingacha «Gul va Navro‘z» dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy — turkiy she’riyatda maktab yaratgan san’atkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan. Roqim, Amiriy, Sultonxon to‘ra Ado, Tabibiy singari shoirlarning devonlaridan.
Lutfiy g‘azallari ilhomida bitilgan muxammaslar joy olgan.
Lutfiy she’riyatining ta’siri faqat O‘rta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F. Ko‘prulizodaning e’tirof etishicha, Lutfiyning she’rlari yolg‘iz chig‘atoy shoirlari orasida emas, balki «Xarobot» muallifi Ziyo Poshoga qadar bo‘lgan usmonli turk shoirlari orasida ham zavq bilan o‘qilgan.
G'AZALLAR

Ko'zung qorasi fitna, vale oqi balodur,


Jonlar oladur,vah, ne balo ko'zi qarodur?
Ko'z ustida jon olg'uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg'an ne balodur?
Hamdardtur aytay anga holimkim,inong'ay,
Gulshandin o'shul bulbuli miskin,ki judodur.
"Bosh o'ynayinu jon berayin vasl uchun" - ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:"Yaxshi bahodur!"
Ko'p qilma aning javridin,ey Lutfiy,shikoyat,
Kim,husn elining shevasi payvasta jafodur.
* * *
Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.
O'rtanmagu ko'z yoshiyu o'lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham'i shabistonima ayting.
Qat-qat yuragim bog'ladi qon g'uncha meng'izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.
Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.
Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.
Yüklə 11,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin