«Маъқуллайман»


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 254,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix24.04.2023
ölçüsü254,45 Kb.
#102050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1998-2006 (1) (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00832 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 2002 www.ares.uz 
Pedagogik kuzatishlar maxsus tayyorlanadi va o'z ichiga: 
a) odatdagi, ya`ni har doim o'tkaziladigan tasviriy san`at darsini kuzatish; 
b) maxsus tashkil etilgan, oldindan tayyorgarlik ko'rilgan, zamonaviy 
texnologiyalar bilan o'tkaziladigan alohida darslami kuzatishni oladi. Bunda 
pedagogika, psixologiya fanlarining yangiliklari ham hisobga olinadi. 
Ilmiy tadqiqot o'tkazish vaqtida o'rganilayotgan hodisani kuzatish natijalari 
yozib olinadi va zarur bo'lsa, uni yana xuddi o'sha sharoitda takrorlash mumkin 
bo'ladi. Eksperiment sun`iy yaratilgan sharoitda ham, tabiiy holatda ham o'tkazilishi 
mumkin. 
Eksperiment o'tkazish uchun tadqiqot talabiga muvofiq: 
1) o'tkazish rejasini tuzish; 
2) nazorat va eksperimental guruhlar, sinflar tanlash; 
3) darsga tayyorlanish konspekti, ko'rgazmali qurollar, o'quvchilar uchun rasm 
qog'ozi, bo'yoqlar, mo'yqalamlar, qalam va hokazo; 
4) darsni kuzatish
5) o'quvchilaming ishlarini yig'ib olish va baholash; 
6) natijalami bayonnomaga kiritish; 
7) to'plangan m`lumotlarni tahlil qilib, umumlashtirish; 
8) o'tkazilgan kuzatish yuzasidan xulosalar chiqarish lozim bo'ladi. 
Ilmiy tadqiqotlar o'tkazish jarayonida to'plangan materialni matematik yo'l 
bilan hisoblash yoki jadval usulida tasvirlash talab etiladi. Har xil jadval, rasm va 
diagrammalar chizish, to'plangan materialni tahlil qilishga qulay sharoit yaratadi. 
Bunda ikki sinfda o'tkazilgan kuzatish natijasi jadval orqali ko‘rsatiladi va ular bir xil 
kattalikda, bir xil belgilar bilan bajariladi. 
a) adabiyotlardan olingan ma`lumotlaming tahiili; 
b) hujjatli dalillami — dars rejalari, o'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlar, 
darslaming 
qarorlari, 
hisobotlar, 
sorovnomalar, 
suhbatlar 
va 
savol-javob 
natijalarining tahlili va umumlashtirish. 
To'plangan material bayon etilganda ko'rilayotgan masala va dalillar izchillik 
bilan hisobga olib borilishi kerak. Kurs ishida berilgan m a’lumotlar maxsus ilmiy 
bilimlar darajasida bo'lishi kerak. Ko'rilayotgan masalaning asosiy mazmunini yaqqol 
ochib berish talab etiladi. Har bir murakkab masalaning tugallanishida, albatta, 
qisqacha xulosa bilan yakunlanadi. 0 ‘z izlanishlarini bayon qilish chog'ida ashyoviy 
dahllarga tayanish raqam, jadvallar va hokazo kerak. Rasmlar ilova qilingan matn, 
odatda, qisqa va tushunarli bo'ladi. Ishda o'z ixtiyori bilan so'zlarni qisqartirish 



Yüklə 254,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin