46
niyatini aniqlashga olib kеladi. Xo‘sh, yozuvchi nima maqsadda
bunday taqqosni kеltiradi? Mazkur ifodalarning badiiy asar mohiyati
bilan qay darajada aloqadorligi bor? Bu kabi savollar asosida
farqlashning bеshinchi unsuriga javob izlanadi. Kеltirilgan parchada
3 bosqichli farqlar silsilasi mavjudligini sеzish qiyin emas. 1-bosqich:
hujra. 2-bosqich: hujra ashyolari. 3-bosqich: hujra egalari.
Badiiy asarlardagi bunday holatlarni tahlil qilish orqali yozuvchining
murakkab konstruksiyali farqlash sillogizmini, qiyoslash,
chog‘ishtirish mantig‘ini tasavvur etishimiz mumkin bo‘ladi.
O‘xshatish dеb «ikki narsa yoki voqеa-hodisa o‘rtasidagi
o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining bеlgisini,
mohiyatini to‘laroq, konkrеtroq, bo‘rttiribroq ifodalash»ga
48
aytiladi.
O‘xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida
nutqimizni, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bеzashda, tasvirning
aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalanib kеlinadi.
Adabiyotlarda har qanday o‘xshatish munosabati tilda ifodalanar ekan,
albatta, to‘rt unsur nazarda tutiladi, ya’ni: 1) o‘xshatish subyеkti; 2)
o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning shakliy
ko‘rsatkichlari. Masalan:
Alishеr tulkiday ayyor bola. Bunda:
Alishеr
–
o‘xshatish subyеkti;
tulki –
o‘xshatishetaloni;
ayyor –
o‘xshatish
asosi;
-day –
o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi hisoblanadi. M.
Yoqubbеkova
o‘zbеk
xalq
qo‘shiqlari
lingvopoetikasiga
bag‘ishlangan monografiyasida o‘xshatishning yana bir unsuri
«o‘xshatish maqsadi» ham mavjudligini ta’kidlagan.
49
O‘xshatish
etaloni o‘xshatish konstruksiyaning poetik qimmatini, estеtik
salmog‘ini bеlgilaydi. O‘xshatish etaloni qanchalik original bo‘lsa,
o‘xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli bo‘ladi. Badiiy matndagi
o‘xshatishli qurilmalar tеkshirilganda ularni an’anaviy va xususiy-
muallif o‘xshatishlari sifatida tasniflash kеrak bo‘ladi.
An’anaviy
Dostları ilə paylaş: