Matlab tizimining maqsadli (tematik) yo‘nalishlari



Yüklə 20,65 Kb.
tarix06.05.2023
ölçüsü20,65 Kb.
#108940
Matlab


MATLAB TIZIMINING MAQSADLI (TEMATIK) YO‘NALISHLARI”
Ishni bajarishdan maqsad: Matlab tizimining maqsadli (tematik) yo‘nalishlari bilan tanishish.
Nazariy qism: Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo‘lgan masalalarni, vazifalarni yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi. Hisoblash jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida paket deb ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o‘z navbatida obektli modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta paketlarga bo‘linib, kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy ta'minotlar tarkibiga kiritilgan. Bularga Merkury, Maple, Mathyematika, Matcad, Matlab kabi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning har biri o‘z kamchilik va yutuqlari bilan alohida o‘rganib chiqishga arziydi. Matlab dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun mo‘ljallangan edi. 80-yillar o‘rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan Matlabning 4-avlod EHM ga mo‘ljallangan Matlab versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o‘xshash jihatlari ko‘p bo‘lib, bir nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda Matlabning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko‘rish mumkin.
MATLAB — bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. Matlab – matematik va ilmiy-texnik xisoblashlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan, avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo‘lib, u matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi — MATrix LABoratory — matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan, ya'ni MATLAB – matrix laboratory – matritsali laboratoriya.

Buyruqlar oynasini boshqarish komandalaridan eng muhimlarini keltiramiz:


- clc – buyruqlar oynasini tozalaydi va kursorni bo‘sh ekranning yuqori chap qismiga joylashtiradi;
- home – kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi.
- clear all - buyruqlar oynasini va o’zgaruvchilar saqlanadigan “Workspace” oynasi tozalaydi.
- clear x - aniqlangan x o‘zgaruvchini yo'qotish

Jadal su'ratlar bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa, sonli hisoblashlarga yo'naltirilgan tizimlar orasida MATLAB matritsali matematik tizim alohida ajralib turadi. MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko‘pligi uning juda ko‘plab soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib Matlab tizimi zamonaviy matematik va ilmiy-texnikaviy dasturiy ta'minoti sohasida deyarli jahon standarti bo‘lib qoldi.


Matlab tizimi dasturlashning uchta asosiy kontsepsiyasini amalga oshiradi:
a)modullarni, ya'ni protsedura va funktsiyalarni yaratishga asoslangan protsedura modulli dasturlash;
b)ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini joriy qilish ahamiyati);
c)foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo‘ljallangan vizual-yo'naltirilgan dasturlash (GUI-Graphis User Interface).
Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish mumkinligidir.
Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni – 4096, m – fayllarda esa chegaralanmagan.

MATLAB dasturchilarga quyidagi sohalardagi paketlar kengaytmasini taqdim etdi: harbiy sanoat majmualari, energetika, aerokosmik va avtomobil qurilishi va b. Ammo shular ichidan turli tizim va qurilmalarni blokli imitatsion modelini qiluvchi Simulink paketi eng mashhuriga aylandi.

MATLAB+Simulink tipik kompleksi katta qiymatdagi MATLAB paketlar instrumentlar “qutisi” Toolboxes va visual-mo‘ljallangan blokli imitatsion modellashgan Simulink dinamik tizimini imkoniyatlarni kengaytiruvchi Bloksets dan iborat. Simulink paketi Matlab bilan birga o‘rnatiladi.


MATLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi dasturini tayyorlamasdan to‘g'ridan-to‘g'ri bajarish mumkin. Bunda Matlab superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli komanda rejimida ishlaydi. Masalan, >>2+3, ans=5; >>2*3, ans=6 va xokazo.
Umuman olganda, ma'lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Boshlang'ich ma'lumotlarni kiritishni ko‘rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi;

  • Ma'lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;

  • Biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilish uchun mazkur ifodadan keyin - ; (nuqta vergul) qo‘yiladi;

  • Hisoblashlar natijasini ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchi aniqlanmagan bo‘lsa, u holda Matlab tizimi bunday o‘zgaruvchi deb ans oladi;

  • O‘zlashtirish amali sifatida juda ko‘plab dasturlash tillari kabi : q belgi emas, balki matematikadagi oddiy q ni o‘zi olinadi;

  • Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;

  • Hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi;

  • Muloqot “Savol berildi – javob olindi” ko‘rinishida amalga oshadi.

real (z) funksiya kompleks sonning butun qismini, image(z) –esa mavhum qismini ajratib beradi. Kompleks sonning modulini (kattaligini)abs(z) funksiya, fazasini angle(z) funktsiya hisoblab beradi.


Nazorat savollari:
1.AMDP ning qanday dasturiy ta'minotlarini bilasiz?
2.Matlab dasturi avlodlarini ayting?
3.Qaysi versiya tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan?
4.Matlab ishchi oynasi qanday qismlardan iborat?
5. Matlab tizimi dasturlashning qanday kontseptsiyasini bajaradi?
6.Matlabda oddiy hisoblashlar qanday amalga oshiriladi?
7.Tizim kengaytmasi nimadan iborat?
8.Simulink nima?
9.Yordam tizimidan qanday foydalanish mumkin?
10.Matlab dasturi nima maqsadda ishlatiladi?
Yüklə 20,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin