Matematika o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma Yangi nashr



Yüklə 29,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/191
tarix21.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#188217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
M 2-sinf met qo\'llanma

D
3
KIRISH
Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimiz
-
dagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda 
katta ahamiyatga ega. Matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning ri
-
vojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik mada
-
niyat umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi va matema-
tika jamiyatimizning barcha jabhalariga juda katta madaniy hissa qo‘shadi. 
Ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, 
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algorit-
mik tarzda tartib-intizomlilikka o‘rgatadi va eng muhimi, mulohaza yuritish, 
muammolarni hal qilish, innovatsiyalarga chorlaydi hamda tafakkurni ken
-
gaytiradi. Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Mate
-
matika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafak
-
kurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad 
al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘bek 
kabi buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni tarbiyalash, zamonaviy 
bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish hamda mamlakatimiz yoshlarining mate-
matika sir-asrorlaridan bahramand bo‘lishlariga sharoit yaratib berish uchun 
ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texni
-
ka va texnologiyalar rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda raqo
-
batbardosh bo‘lishi uchun fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu 
esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ham xalqaro tajriba 
va andozalarni joriy etish orqali ta’minlanadi. 
Ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA) tomonidan tashkil 
etilgan TIMSS – matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining xalqaro monito-
ringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot o‘quvchilarning turli 
davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi hamda sifatini so
-
lishtirishga, milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi. 
Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va 
jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qi
-
lishga imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalar o‘quvchilar tomonidan 
egallanishini nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda 
matematik ta’limning asosi amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga 
qaratiladi. 
Bolalarga matematikadan qanday qilib samarali foydalanishni batafsil 
o‘rgatish, shuningdek, ularni tanishtirish, barcha ko‘nikma, vosita va bilim-
@edurtm_uz


A
b

Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin