Mashinasozlik materiallari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Engineering materials - lecture 8

Magniy qotishmalari
alyuminiy qotishmalari kabi zichligi kam, yuqori 
mustahkamlikka ega, tebranishni yaxshi yutadigan materiallardir. Shuning uchun 
bu materiallar aviatsiya va raketa texnikasida keng qo llaniladi. Lekin 
qotishmaning elastiklik moduli kichkina (43000 MPa) va korroziyaga qarshiligi 
ham kam. 
Shuningdek, ularni bosim ostida va quyish usuli bilan qayta ishlash qiyin. Magniy 
qotishmalarini faqat muhofaza muhiti sifatida inert gazlar yordamida elektr yoy 


yoki kontank usuli bilan qoniqarli darajada payvandlash mumkin, yaxshi kesib 
ishlanadi. Ko'proq magniy 
alyuminiy
(≤10%) 
sink
(≤5.. .6) 
marganets
(≤2,5%) 
sirkoniy
(≤1,5%) kabi elementlar bilan legirlanadi. 
Marganetsdan boshqa legirlovchi elementlar α -qattiq eritma va 
intermetallitlar 
(Mg
4
Al
3
, MgZn
2
) hisobiga mexanik xossalarni oshiradi. Marganets magniy 
qotishmalarining payvandlash xususiyatini yaxshilaydi va korroziyabardoshligini 
oshiradi. 
Sirkoniy
ham korroziyabardoshligini oshiradi, lekin donachalarni maydalash 
hisobiga mexanik xususiyatlarni yaxshilash ustun turadi. Magniyga boshqa 
legirlovchi elementlar juda kam miqdorda qo’shilganda qo’shimcha ravishda 
xossalarini yaxshilash mumkin.
 
Masalan, 
toriy
elementi olovbardoshligini oshiradi, juda oz miqdorda 
(0,005...0,012%)
berilliy
qo'shilsa magniyni eritishda, quyma olishda, termik 
ishlashda oksidlanishini kamaytiradi. 
Magniy qotishmalarini qayta ishlash mahoratiga ko'ra ularni ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 
1.Quyish uchun mo'ljallangan qotishmalar
: ulardan shakldor quymalar olinadi 
va ularni «MЛ» tamg'a (marka) bilan belgilanadi

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin