hisob davrining cheklanganligi – ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo‘lsa, aynan mana shu hisob dav-rida aks ettirilganligi;
taqdim etish va bayon qilish – ichki hisob-kitoblarga doir majbu-riyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim.
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar
Ichki hisob-kitoblar muomalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha savollar
1. Ichki hisob-kitoblarga doir muomalalarni hisobga olish va ichki nazorat samaradorligining holatini baholash
Mehnat haqi to‘lash va hisobdor summalarni berishni belgilovchi hujjatlarning mavjudligi va tahlili.
Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishini baholash.
Haq to‘lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi.
Ish haqi va hisobdor summalar berilishi ustidan nazorat.
Hisobot ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari ma’lumotlariga mosligi.
2. Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchlili-gini tekshirish.
Haq turlari bo‘yicha ish haqi hisoblashning to‘g‘riligi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar to‘g‘riligi.
Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo‘shishning asos-liligi.
Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish.
Soliqqa tortish maqsadida jami daromadni hisobga olishning to‘g‘riligi.
3. Davlat budjetidan tashqari fondlar, ijtimoiy sug‘urta va ta’-minot fondlari bilan hisob-ki-toblarni hisoblashning to‘g‘riligi
Budjetdan tashqari ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondlariga to‘lovlarni hisoblash bazasini aniqlashning to‘g‘riligi.
Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondlari bilan hisob-kitoblarni hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi.
4. Hisobdor shaxslar bilan hi-sob-kitoblarga doir hisob va hi-sobot ma’lumotlarining ishonch-liligini tekshirish.
Hisobdor shaxslarga bo‘nak berishning asoslanganligi.
Bo‘nak hisobotlarining o‘z vaqtida taqdim etilishi.
Hisobdor summalarni ishlatishning hujjatlar bilan asoslan-ganligi.
Hisobdor summalarni xarajatlar tarkibiga qo‘shishning asosliligi.
Soliqqa tortishning to‘g‘riligi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni buxgalteriya hi-sobida aks ettirishning to‘g‘riligi.
5. Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-ki-toblar to‘g‘risidagi hisob va hi-sobot ma’lumotlarning ishonch-liligini tekishirish.
Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblarni hisobga olishning to‘g‘riligi.
Qarz berishning qonuniyligi va asosliligi.
Berilgan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olishning to‘g‘riligi.
Kamomad va o‘g‘irliklarning ayibdor shaxslar zimmasiga to‘liq olib borilishi.
Moddiy zararni qoplashga doir hisob-kitoblarni hisobga olishning to‘g‘riligi.
6. Ichki hisob-kitob muoma-lalarini tekshirish natijalari bo‘yicha umumiy xulosa
Tekshiruv bo‘yicha ishchi hujjatlar materiallarini umumlashtirish va tahlil qilish.
Xatolarning katta- kichikligini (jiddiyligini) aniqlash.
Xatolarning hisobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlash.
Auditor tekshiruv chog‘ida hisobot ko‘rsatkichlarida jiddiy xatolar yo‘qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to‘plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang‘ich hujjatlarni komplektlaydi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo‘yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar paketi auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xusu-siyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo‘llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) bog‘liq. Masalan, buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK, 8-ASK va 10-ASK jurnal-orderlar, jadval-avtomat-lashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210-«Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘nak», 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720-«Deponent-langan mehnat haqi», 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar», 4230-«Umum xo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar», 6870-»Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710- «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarz-lari», 4720-«Berilgan qarzar bo‘yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Mod-diy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» va 4790-“Xodim-larning boshqa qarzlari” schyotlari bo‘yicha debet va kredit oborotining mashinagrammalari tekshiriladi.