Ma’ruzachi: Sh. Shayakubov Erkin iqtisodiy zonalar —



Yüklə 26,83 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2023
ölçüsü26,83 Kb.
#192841
1   2   3   4   5   6   7
6.mavzu - Erkin iqtisodiy zonalar

Erkin iqtisodiy zonalar orasida offshor zonalar alohida guruhni tashkil etadi. Ularning EIZlardan farqi shundaki, unda ro’yxatdan o’tgan korxona hech qanday ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullana olmaydi. Offshor yurisdiktsiyaning asosiy belgisi soliqqa tortishdagi imtiyozlar hisoblanadi.

  • Erkin iqtisodiy zonalar orasida offshor zonalar alohida guruhni tashkil etadi. Ularning EIZlardan farqi shundaki, unda ro’yxatdan o’tgan korxona hech qanday ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullana olmaydi. Offshor yurisdiktsiyaning asosiy belgisi soliqqa tortishdagi imtiyozlar hisoblanadi.
  • Kompleks erkin iqtisodiy zonalar. Amaliyotda bir funktsiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng ko’p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funktsiyalarini bajaruvchi kompleks hududlar kiradi. Ular turli funktsiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funktsiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda (shahar, tuman, viloyatlarni qamrab oluvchi) yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin.
  • Offshor zona - xorijiy kompaniyalarga nisbatan mavjud qonunchilikka muvofiq imtiyozli soliq
  • rejimi oʼrnatilgan milliy hudud yoki uning bir
  • qismi
  • Soliq toʼlovlarini
  • minimallashtirish
  • taʼminlanadi
  • Ishlab chiqarish faoliyati koʼzda tutilmaydi

4. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNING INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDAGI AHAMIYATI.

  • EIHni rivojlanishining muhim sharti bu investorlar uchun bo’lgan imtiyozlardir. Chunki ular kapital qo’yishdan avval ularga berilayotgan imtiyozlarni obdon sinchkovlik bilan o’rganadilar. Bu o’rinda soliq imtiyozlari muhim o’rin tutadi. Soliq imtiyozlari – eng keng tarqalgan usul bo’lib, u kapitalning jamlanishiga, ishlab chiqarishning zamonaviy sohalarining rivojlanishiga, milliy iqtisodiyotda progressiv o’zgarishlarga erishishga yordam beradi. Davlat soliq imtiyozlari berish orqali ham mahalliy, ham xorij kapitali investitsiyasini rag’batlantiradi. Bunda yangi qayta ishlash sohalari, qoloq va olis hududlar, yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi, sermashaqat va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ta’minlanadi. Lekin, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, EIHlar uchun beriladigan imtiyozlar tizimi natijasida davlat zarar ko’rmaydi. Aksincha, bu ilmiy-texnik salohiyatni o’stirish, yangi boshqaruv usullarini va tadbirkorlik shakllarni joriy etish, xizmat ko’rsatishning jahon standartlariga o’tish uchun to’lanadigan haqdir.
  • Har bir mamlakat yoki uning u yoki bu hududi EIHlar tashkil etish jarayonida o’zining imtiyoz va rag’batlantiruvchi omillarini tanlaydi. Tajribalar ko’rsatishicha, hududlarda o’rnatiladigan imtiyozlar tizimi turlicha bo’lib, uning hududida amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarga bog’liq. Shu bilan birga, turli xildagi EIHlarning umumiy sifatlari mavjuddir: anchayin qulay investitsiya sharoitlari, tashqi savdo, soliq, moliya va boshqaruv imtiyozlari.
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin