маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

Antropogenoz(yunon) - odamning paydo bo’lish jarayoni. 
Domestikatsiya ( ing. domesticated) – hayvonlarni inson tomonidan 
qo’lga o’rgatish va ularni ko’paytirish.
Joytun madaniyati — O’rta Osiyoning neolit davriga oid eng qadimgi 
o’troq dehqonchilik madaniyati markazlaridan biri (mil. av. 6—5-ming 
yillik). Ashxoboddan 30 km shimolda joylashgan qadimgi o’troq 
dehqonlar qishlog’i xarobasi nomidan olingan. 1952 yildan Janubiy 
Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi qazish ishlari olib 
borgan. 10 dan ortiq yodgorliklar (Chag’illitepa, Pessejiktepa, 
Chopontepa, Nayzatepa, Joytun va b.) ni tekshirgan. Bu urug’doshlik 
manzilgohlarining har biri 0,5—2 ga maydonni egallagan. Somonli 
guvaladan qurilgan bir xonali uylar (25—45 m
2
) sahni oq ganchli loy 
bilan suvalgan, ayrimlari qizil va qora rangga bo’yalgan. Har bir 
xonada o’choq, g’alla o’rasi, supa bo’lgan. Ayrim xonalar o’rtasida 
katta otashkada bo’lib, umumiy sajdagoh vazifasini o’tagan. 
Manzilgohlarda ombor, sopol idishlar pishiriladigan maydonchalar 
bo’lgan. 3 madaniy qatlamdan iborat Joytun manzilgohi to’la 
o’rganilgan. Uning maydoni 0,5 ga, yuqori qatlami 35— 40 xonadan, 
o’rta qatlami 29 xonadan iborat. Manzilgohlardan bolalar suyagi 
topilgan, kattalar tashqariga ko’milgan. Aholi, asosan, dehqonchilik, 
chorvachilik, ovchilik bilan shug’ullangan. Aholi chaqmoqtoshdan 
qirg’ich, o’roq, randa, pichoq; suyakdan igna, bigiz; tosh o’g’ir va b. 
buyumlar yasagan. Sopol idishlar somonli loydan ishlanib
ba’zilarining sirti qizil angob bilan bo’yalgan.
Jarmo- Iroqning Kirkuk shahridan sharqda joylashgan Zagros 
tog’laridagi manzilgoh. 1948-1954 yillarda R.Breydvudning 


152 
qazishmalari 16 qatlamni aniqlagan. Dehqonchilik mavjud bo’lgan. 11-
5-6 ming yil avval.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin