1.Guruhlarda ishlaganda, o’quv – tarbiyaviy ishlarni tashkil etganda, har bir o’quvchi bilan yakkama – yakka ishlaganda ularning shaxsiy xususiyatlari doimo o’qituvchi diqqat markazida turishi hisobga olinmog’i kerak.
2.O’quvchi bilan muloqat olib borganda ham uning o’ziga xosligi diqqat markazida turish kerak.
3.Ta’lim jarayonida ham uning qobiliyati, imkoniyatlari nazarda tutilishi kerak.
4.Pedagogik, psixologik jarayonlarni olib borish o’quvchining shaxsiy rivojlanish darajasini ko’zda tutishi kerak.
Individuallashgan ta’lim printsiplari.
Individuallashtirish – o’quv jarayonining bosh strategiyasidir.
O’quv jarayonini individuallashtirish orqali shaxsni rivojlantirish ta’minlanadi.
Har bir o’quv predmetini o’qitishni individuallashtirish orqali amalga oshirish kutilgan natijani kafolatlaydi.
O’qitish shakllarini individuallashtirish bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi.
Individuallashgan ta’lim – o’quv jarayoni sifati va samaradorligini ta’minlaydi.
Individuallashgan ta’limda bilim, ko’nikma, malaka olish o’quvchining qiziqishi asosida kechadi.
Mustaqil ishlay olish o’quvchining umumo’quv ko’nikmasini rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi.
Demak, ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligi o’quvchining ta’lim mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutoala bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq.
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin:
O’quvchi o’qitilibgina qolmay, mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga, o’zlashtirishga o’rgatiladi.
O’quvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z nuqtai nazarini himoya eta olish ko’nikmalari shakllantiriladi.
O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, axborot – resurs markazlaridan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi.
Sinfdagi barcha o’quvchilarni o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishlari kafolatlanadi. O’quvchining o’zlashtirganligini, olgan bilimlarini kundalik hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi.
O’qituvchi – o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv – biluv faoliyatlariga olib kira olsalar, barcha o’quvchilar deyarli bir xil natijalarga erishadilar.
Interfaol metodda dars jarayoni tashkil etilganda:
1.O’quvchilarning o’zaro faolligi oshadi, hamkorlik, hamijodkorlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi.
2.O’quv reja, dastur, ta’lim mazmuni, darslik, standart, me’yor, qo’llanmalar bilan ishlash malakalari shakllanadi. 3.Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutoala qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi.
4.O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o’quv jarayonida didaktiv motivlar vujudga keladi. Ya’ni o’quvchining extiyoji, hoxish, istagi qondiriladi, dars qiziqarli kechayotganligi sababli, vaqt o’tayotganini bilmay qoladi. O’quv – biluv jarayonida o’quvchining shaxsiy manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini o’quv maqsadlariga intilishi va erishishida yuqori bosqichga ko’taradi.