Maruza-3 epoksid oligomerlarini ishlab chiqarish r e j a


Epoksid polimerlarini ishlab chiqarish



Yüklə 73,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü73,22 Kb.
#209698
1   2   3   4   5
MARUZA-3 (2)

Epoksid polimerlarini ishlab chiqarish 
Difenilolpropan bilan epixlorgidrinni kondensatlanish texnologik sharoitlari
asosan, olinayotgan oligomerni molekula masasi bilan aniklanadi. 
Past molekulali epoksid oligomerlari, gomogen muxitda, epixlorgidrinning 
mikdorini ortiqcha olinganda hosil bo„ladi. Bunda epixlorgidrin ham reaksiyaga 
kirishuvchi reagent, ham erituvchi bo„lib xizmat kiladi. Reaktorga epixlorgidrin va 
difenilolpropan solinib, aralashtirib turilgan holda qismlab NaOH ni 40%-li suvdagi 
eritmasi solinadi. Reaksiya muhitini harorati asta-sekin 65-75
o
C gacha (harorat bu 
ko„rsatkichlardan ortib ketmasligi kerak) ko„tariladi. Jarayon tugaganidan keyin (8-16 
soatdan keyin) epixlorgidrinni ortiqcha qismi vakuumda haydab olinadi va oligomer 
toluolda eritiladi. Oligomerning tarkibidan NaCl ni chiqarib olish maqsadida, uni 
toluolli eritmasi suv bilan Yuviladi. Undan keyin vakuumda 140-150
o
C haroratda 
toluol haydab olinadi. 
Reaksiya natijasida, tarkibida epoksid gruxlarini saqlagan, qovushqoq past 
molekulali oligomer hosil bo„ladi. 
O„rtacha yoki Yuqori molekula massali, hamda “fenoksi-smola” nomi bilan 
ataluvchi oligomerlar, geterofazali sistema, suv bilan organik suyuqlik muhitida, 
erituvchilar ishtirokida olinadi. Erituvchi sifatida izopropil yoki butil spirti ishlatiladi. 


O„rtacha yoki Yuqori molekula massali epoksid oligomerlarini, difenilolpropan 
bilan past molekulali oligomerlarni ta‟sirlatib ham olish mumkin. Bu jarayon 
suyuqlanmada, 160-210
o
C da, uchlamchi amin katalizatorlari ishtirokida amalga 
oshiriladi. Bunday oligomerlar keng molekula-massaviy bo„linishga ega bo„ladi. 
O„rtacha va Yuqori molekula massali oligomerlarni, geterogen kondensatsiya 
yordamida olish, uzlukli va uzluksiz usullarda amalga oshiriladi.
Uzlukli usul ko„proq tarqalgan usullardan hisoblanadi. 
O„rtacha molekula massali epoksid oligomerlarini, uzlukli usulda, geterofazali 
kondensatsiya yordamida, erituvchilarsiz olishning texnologiyasi -rasmda keltirilgan. 
Bug„ qobig„i bilan jihozlangan 7 chi reaktorga difenilolpropan va epixlorgidrin 
solinadi. Reaksiya massasi 50
o
C haroratgacha ko„tariladi va harorat berilgan 
kattalikdan ko„tarilib ketmasligini oldini olgan holda, sekin-asta o„Yuvchi natriyni 
15%-li suvdagi eritmasi quyiladi. Reaksiya ekzotermik bo„lganidan, reaksiya 
massasini qizib ketishini oldini olish maqsadida, reaktor suv bilan sovitib turiladi. 
Kerakli miqdordagi NaOH eritmasi solib bo„linganidan keyin, reaksiya massasi 
harorati asta-sekin 70-80
o
C gacha ko„tariladi va reaksiya berilgan vaqtda davom 
-rasm. Uzlukli usulda epoksid oligomerlari ishlab chiqarish jarayonining sxemasi: 
1-vazniy meyorlovchi; 2-avtomatik meyorlovchi tarozi; 3,6,14-kondensatorlar; 4-isitgich; 5-ingichka pardali rotorli 
bug'latgich; 7-reaktor; 8-ajratish idishi; 9,10-yig'ish idishlari; 11,12 - vakuumli qabul qiluvchi idish; 13-oraliq idish; 
15,17-shesternyali nasoslar; 16-tarelkali filtr; 18,19-oligomer eritmasi idishi; 20-meyorlovchi nasos.


ettiriladi. So„ngra 7 chi reaktorga toluol qo„shiladi va 30-55
o
C da oligomerni to„la 
erigunicha aralashtiriladi. Oligomer toluolda eriganidan so„ng, reaksiya massasi tinch 
holatda ushlab turiladi. Bunda reaksiya massasi ikki qatlamga, Yuqorigi qatlam- 
oligomerni toluoldagi eritmasi va pastki qatlam - tuzni suvdagi eritmasiga ajraladi. 
Pastki qatlam quyib olinadi va qolgan oligomer eritmasini uglerod ikki oksidi bilan 
neytrallanadi. Keyin oligomer tarkibidagi suv bir qism toluol bilan azeotrop 
aralashma ko„rinishida ajratuvchi idishga (8) haydaladi. Quritilgan oligomer 
reaktordan 13 chi idishga, u erdan 15 chi nasos yordamida filtrlashga uzatiladi 
(texnologik sxema xlor ionlari yo„q bo„lgunicha bir necha marotaba filtrlashga 
mo„ljallangan). Oligomerlarni toluolli eritmadan ajratish maqsadida, toluol 
vakuumda, uzluksiz 120
o
C da ishlovchi, Yupqa pardali rotor bug„latgichida (5) 
haydab olinadi. Bug„latgichga, oligomerni eritmasi 18 chi va 19 chi yig„uvchi 
idishlardan, meyorlovchi nasos (20) yordamida, 4 chi isitgich orqali uzatiladi. 
Xaydalgan toluol 11 chi va 12 chi qabul qiluvchi, oligomer esa 9 chi va 10 chi qabul 
qiluvchi idishlarda yig„iladi. 
Uzluksiz usulda, epixlorgidrinni difenilolpropan bilan kondensatsiyasi, 
erituvchi muhitida, kolonnali apparatda amalga oshiriladi. Buning natijasida 
kondensatsiya vaqti qisqaradi va jarayonni gomogen muhitda olib borish imkoniyati 
tug„iladi. Undan tashqari, izopropil spirti kabi erituvchilar ishtirokida, epixlorgidrinni 
ortiqcha qismi sovinlanishi natijasida glitseringa aylanmaydi va keyingi sintezda 
qaytatdan ishlatilishi mumkin. Jarayonni erituvchilarda o„tkazilishi, undan tashqari
hosil bo„layotgan oligomerni reaksiya muhitidan uzluksiz olib chiqish imkonini 
beradi. 
Epoksid oligomerlarini uzluksiz usulda olish texnologiyasi (-rasm), 
epixlorgidrin va difenilolpropanni eritmasini tayyorlash, polikondensatsiya, 
oligomerni ajratish, neytrallash va quritish jarayonlaridan iborat. 


Difenilolpropan 1 chi apparatda 75
o
C da ishqorni suvdagi eritmasida eritiladi. 
Epixlorgidrin 2 chi apparatda butil spirtida eritiladi. Eritmalar filtrlanib, ko„p 
seksiyalik, har seksiyasi isitish-sovitish kobig„i bilan, o„zi o„zgaruvchan aylanish 
chastotali rotorli aralashtirgich bilan jihozlangan 3 chi gorizontal reaktorga uzatiladi. 
Polikondensatsiya 
jarayonida, 
reaksiya 
aralashmasi 
sekin-asta 
reaktorda 
xarakatlanadi va 4 chi sokin holda saqlanish idishiga tushadi. Bu erda organik va suv 
qismlarga bo„linadi. 
Ishqoriy reaksiyaga ega bo„lgan organik qism, idishdan chiqishida uglerod 
dioksidi bilan neytrallanadi va 5 chi siklonga yuboriladi. Bu erda suv bilan azeotrop 
aralashma ko„rinishida haydab olinadi. Bug„lar 6 chi sovitgichda kondensirlanadi va 
tozalash uchun uzatiladi. Smolani eritmasi esa, cho„kmaga tushgan tuzlardan (NaCl 
Na
2
CO
3
) ajratish maqsadida 7 chi idishga, u erdan 8 chi filtrga uzatiladi. Filtrlangan 
smola eritmasi 9 chi siklon apparatiga solinib, u erda butil spirtini xaydab olinadi. 
Butil spirtini buglari 10 chi sovitgichda sovitiladi va tozalashga yuboriladi. Epoksid 
oligomeri 11 chi yig„uvchida yig„iladi va u erdan bidonlarga quyiladi. 
Reaksiya haroratini 95-100
o
C da ushlab turiladi. Oligomerni molekula massasi 
Rasm. Uzluksiz usulda epoksid oligomerlarini ishlab chiqarish jarayonining sxemasi: 
1-difinilolpropan eritmasini tayyorlash idishi; 2-epixlorgidrinni eritish apparati; 3-reaktor; 
4,7-sokin xolda saqlab qavatlarga ajratish dastgoxlari; 5,9-tsiklon dastgoxlari; 6,10-
sovutgichlar; 8-filtr; 11-oligomer yig'ish idishi.


epixlorgidrin va ishqorni suvdagi eritmasini reaktorga solish tezligiga bog„liq bo„ladi 
va tezlik ortishi bilan molekula massasini qiymati pasayadi. 

Yüklə 73,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin