Ma’ruza №2 Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari. Foydali qazilmalarning zaxiralari va qazib olish jarayonida yo’qotilishi



Yüklə 155,63 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü155,63 Kb.
#76997
maruza №2


MA’RUZA №2
Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari. Foydali qazilmalarning zaxiralari va qazib olish jarayonida yo’qotilishi

Konlarni ochiq usulda qazib olishda karyer maydoni vertikal tekislik bo’yicha gorizontal qatlamlarga, gorizontal tekislik bo’yicha tiliklarga ajratiladi. Ustki qatlam tiliklari ostki qatlam tilikidan ma’lum masofaga o’zdirib qazib olinishi tufayli karyer yonbag’ir pog’onasimon ko’rinishga ega bo’ladi. Pog’onasimon karyer yonbag’irni tashkil qilgan kon jinsi yoki foydali qazilma qatlami pog’ona deb ataladi. Pog’ona karyerning asosiy elementlaridan biri bo’lib, uning o’zi ham qator elementlardan tashkil topgan bo’ladi (4.1-rasm).





4.1-rasm. Pog’ona sxemasi: l -pog’ona ustki maydoni; 2 -pog’ona ostki maydoni; 3 -pog’ona qiyalik tekisligi; 4-pog’ona ustki qirrasi; 5-pog’ona


ostki qirrasi; 6 - pog’ona kavjoyi; -pog’onaning qiyalik burchagi.
Pog’onani balandlik bo’yicha ustini chegaralovchi tekislik pog’ona ustki maydoni, ostini chegaralovchi tekislik esa pog’ona ustki maydoni deb ataladi. Pog’ona ustki va ostki maydonlari o’rtasidagi masofa pog’ona balandligi bo’lib, uni to’g’ri aniqlash pog’onada bajariladigan barcha jarayonlarning samarador va xavfsiz bo’lishini ta’minlaydi. Pog’ona ustki maydoni bilan qazib olingan bo’shliqni chegaralovchi gorizontal chiziq pog’ona ustki qirrasi, ostki maydoni bilan qiyalik tekisligi o’rtasida hosil
bo’lgan chiziq esa pog’ona ostki qirrasi deyiladi. Pog’ona ustki va ostki qirralari o’rtasida hosil bo’lgan qiya tekislik pog’ona qiyalik tekisligi va u bilan gorizontal tekislik o’rtasida hosil bo’lgan burchak pog’ona qiyalik burchagi deb yuritiladi.
Karyerda qazib olinadigan foydali qazilma yoki kon jinslari tiliklari ma’lum kenglik (l0 - 15 m va undan ham keng) bo’yicha qazib olinadi, bu kenglik esa kirma (зaходка) deb ataladi vа uning old qismi kavjoy (забой) deb yuritiladi.
Kavjoy yo’nalishi bo’yicha qazishga tayyorlangan pog’onaning bir qismi qazish fronti deyiladi. Foydali qazilma yotqizig’i ustini qoplab yotgan jinslarni qazib olib, foydali qazilmani ochish bilan bog’liq bo’lgan kon ishlari majmui ochish ishlari deyiladi. 2-jadvalda pog’onaning asosiy parametrlari keltirilgan.


4.1-jadval
Pog’onaning asosiy parametrlari

Jinslar guruhi



Jinslar

Pog’ona balandligi, m

Pog’ona qiyalik burchagi, gradus

Ishchi

Ishlamaydigan



Yakka

Ikkilangan yoki uchlangan



I

Juda qattiq cho’kindi, metamorfik va magmatik jinslar Qattiq, siyrak darzli, kam nuragan cho’kindi, metamorfik va magmatik jinslar Qattiq, kuchli darzlangan, kam nuragan cho’kindi, metamorfik va magmatik jinslar

15-20

15-20
15-20








75

70-75

60-65
55-60


65-70

55-60
50-55


II

Nuragan zonadagi cho’kindi, metamorfik va magmatik jinslar (ohaktoshlar, qumtoshlar, allevrolitlar va boshqa cho’kindi jinslar)

10-15


70-75


50-55


45-50




III

Glinasimon, to’la dezintegratsiyalashgan turli jinslar Qumtosh-glinali jinslar Qumtosh-shag’alli jinslar

10-15
10-15


10-15

50-60
40-50




40-45
35-40


30-40

35-40
30-40


25-35

Pog’onani qazib oluvchi asosiy uskunalarni joylashtiriladigan maydoncha pog’ona ustki maydoni deyiladi, uning kengligi pog’ona balandligidan 2-4 marta ko’p bo’ladi. Kichik kenglikka ega bo’lgan va unda kon ishlari bajarilmaydigan


maydoncha berma (supacha) deyiladi. Bajaradigan vazifalariga ko’ra bermalar transport bermasi va muhofaza bermasi bo’lishi mumkin.
Karyerlarda pog’ona balandligi va qiyalik burchagi qator omillarga bog’liq bo’lib, ulardan asosiylari – pog’onani tashkil qilgan jinslarning zichligi, ilashish kuchi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti, namligi kabi fizik-texnik xossalardir. Pog’ona qiyalik burchagi esa yuqoridagi omillardan tashqari pog’ona balandligiga ham bog’liq bo’ladi.
Yüklə 155,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin