Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar
siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon
bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli
mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari
o’rganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi
(assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).
Dostları ilə paylaş: