Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar



Yüklə 30,09 Kb.
səhifə1/5
tarix06.10.2023
ölçüsü30,09 Kb.
#152738
  1   2   3   4   5
Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati.



Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
O‘zSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda bo‘lgan O‘zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash’um rol o‘ynadi. Moskva tashabbusi va ko‘rsatmasi bilan tashkil qilingan mazkur plenumda qabul qilingan hujjatlar respublikada o‘zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Sobiq respublika rahbarlari Markazga murojaat qilib O‘zbekistonga Markazdan rahbar kadrlarni yuborishni iltimos qildilar.
Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan O‘zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 –1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O‘zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
Natijada Markazdan o‘zbek xalqining urf-odatlari, ana’nalari haqida umuman tasavvurga ega bo‘lmagan rahbar xodimlarning respublikaga yuborilishi va mazkur “kadrlar desanti”ning faoliyati ko‘plab salbiy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Sovet Prezidiumi raisning o‘rinbosari etib Romanovskiy, Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenkolar tayinlandi. Toshkent shahri partiya rahbari etib Satin qo‘yildi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar.
Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatni sotsialistik asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to‘la demokratik jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati va ko‘pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o‘rtasida o‘ziga xos nomutanosiblik sodir bo‘ldi. Xususan 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda, xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urunishlar ham samara bermadi.
KPSS MQ ning 
Yüklə 30,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin