Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə88/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Transporti. T.y. uzunligi 2,12 ming km, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari uz. 13,6 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yo’llar uz. 11,6 ming km. Asosiy dengiz porti-Turkmanboshi. Turkmanboshi-Boku, Bekdash-Boku yo’nalishi bo’yicha t.y.li dengiz paromi mavjud. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema katnaydi. Truboprovod transporti mavjud. Neft va gaz quvurlari, jumladan, Vishka-Turkmanboshi, Cheleken- Turkmanboshi neft quvurlari mavjud. T. chetga tabiiy gaz, neft va neft mahsulotalari, paxta, mineral o’g’it va b. chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, qora metallar, transport vositalari, kiyim-kechak, poyabzal, don, qand-shakar oladi. Rossiya, Ukraina, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qozog’iston bilan savdo qiladi. T.ning O’zR bilan tashqi savdo aylanmasi 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 17,3% ortdi va O’zR ning tashqi savdosidagi ulushining 1,3% ni tashkil etdi.
Turkmaniston: 1. Ashxabad-470 kv.km. 2. Axalskiy velayat-97 160 kv km.-Annau. 3. Balkansiy velayat-139 270 –Balkanabat. 4. Dashoguzskiy velayat-73 430-Dashoguz. 5. Lebapskiy velayat-93 730-Turkmanabad. 6. Maro’yskiy velayat-87 150-Maro’.
Tayanch tushunchalar: Kariz – suvli qatlamlar qiya joylashgan tog’ oldi adirli mintaqalarida qazilgan qator quduqlarning er ostida maxsus kavlangan yo’laklar orqali bir – birlari bilan tutashtirilishi orqali ular suvini er yuzasiga olib chiqarishga imkon beradigan murakkab suv ta’minoti tizimidir. Ularning suvi bilan aholi punktlari va ekin maydonlari ta’minlanadi. Qoraqum cho’llari quduqlari–minerallashish darajasi suvidan foyda-lanishga imkon beradigan quduqlar. Odatda bunday quduqlarni kavlash o’ziga xos ustalikni talab qiladi, ya’ni qum barxanlari orasida katta chuqurliklargacha quduqning devorlari saksovul yog’ochlari bilan qotirib chiqishni talab etadi. Aks holda oqib tushuvchi qum quduqni to’ldirib quyishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Turkmanistonning iqtisodiy-geografik o’rnini mazmunan izohlab bering?
2. Turkmanistonning tabiiy sharoiti va resurslarni izohlab bering?
3. Turkmanistonning aholisini mazmunan izohlab bering?
4. Turkmanistonning mehnat resurslarini izohlab bering?

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin