Maqsud qoriyevning "ibn sino" romanida bosh qahramon



Yüklə 34,67 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü34,67 Kb.
#207351
470-473 (3)



470 
MAQSUD QORIYEVNING “IBN SINO” ROMANIDA BOSH QAHRAMON 
TASVIRI 
 
Mamurova Mushtari Maxammadjanovna 
Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs tayanch 
doktoranti 
E-mail: 
mmmamurova@gmail.com 
Тел: 
90 581 30 40
 
 
Annotatsiya:
 Ushbu maqola Maqsud Qoriyevning “Ibn Sino” romani bosh qahramoni tasviri 
haqidadir. Romanda yozuvchi bosh qahramon qiyofasini butun asar davomida tasvirlaydi, 
xarakteriga xos jihatlarni asar voqealari davomida izchillik bilan yorita boradi. 
Kalit so‘zlar:
 Ibn Sino, tarbiya, xarakter, tasvir, Sanam, xat, olim. 
 
 
Аннотация:
 В данной статье речь идет об образе главного героя романа Максуда 
Гариева «Ибн Сино». В романе писатель описывает образ главного героя на протяжении 
всего произведения, последовательно выделяет черты его характера на протяжении всех 
событий произведения. 
 
Ключевые слова:
 Ибн Сина, образование, характер, образ, санам, письмо, учёный. 
 
 
Abstract:
 This article is about the image of the main character of Maqsud Qariyev's novel 
"Ibn Sino". In the novel, the writer describes the image of the main character throughout the work, 
and highlights the features of his character consistently throughout the events of the work. 
 
Key words:
 Ibn Sina, education, character, image, Sanam, letter, scholar. 
 
Ibn Sino – Husaynning tib ilmining bilimdoni bo‘lib yetishishida oilaviy muhit, 
ota-onasining unga bo‘lgan e'tibori katta o‘rin tutganligini asoslaydi. Romanda bu 
quyidagicha tasvirini topadi: “Otasi asli balxlik bo‘lib, qattiqqo‘l, juda tadbirkor odam. 
O‘g‘liga g‘oyat e'tibor bilan qarar, uning ilmli, barkamol bo‘lishini orzu qilardi. 
Husayn har daqiqa his etib yurar erdi buni. Ularning Afshonada dala hovlilari, tag‘in 
kattagina bog‘lari, bir necha tanob hosildor yerlari bo‘lardi. Otasi qishloqda soliq 
yig‘uvchi omilkor bo‘lganligi tufayli ko‘p savobli ishlar qilib, kambag‘al yetim-
yesirlarga hamiyat ko‘rsatardi. Boz ustiga suhbati shirin, g‘oyat ulfat, ma'rifatli, 
badiiyatga havasli. Uyidan mehmon arimasdi. Kechqurunlari qishloqning e'tiborli 
kishilari yig‘ilishib, mehmondo‘st xonadonda hamsuhbat bo‘lishardi. Husayn o‘shanda 
otasining bag‘riga kirib, oqillar majlisidan bahramand bo‘lar, uning yosh, chanqoq 
zehni ko‘p narsalarni ilib olishga qodir edi” [1,20].
Husayn tarbiyasida, odob-axloqining shakllanishida onasining hulq-atvori ta'sir 
ko‘rsatganligi quyidagicha aks etadi: “Onasi Sitorabonu asli afshonalik bir dehqon qizi 


471 
bo‘lib, qishloqda malohat bobida unga yetadigani yo‘q desak yanglishmaymiz. Husayn 
o‘z onasi bilan hamisha faxrlanar, uni jondan ortiq suyardi. Uning mehnatsevarligi, 
otasiga bo‘lgan beqiyos hurmati, farzandlariga hamiyatli munosabati yosh Husayn 
qalbida onasiga nisbatan chuqur mehr uyg‘otgandiki, farzandi qobil buning tub 
mohiyatini anglab yetolmagani sayin volidasiga muhabbati ortar edi” [1,20]. Ushbu 
o‘rinda Yu. Shonazarovning “Bizningcha, epik tasvir, xarakter yaratish tajribalarida 
quyidagi uchta asosiy tendensiyani ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1. 
Xarakter va sharoit munosabati tasvirida voqealar mantiqi ustunligi 
xususiyati. 
2. 
Badiiy tasvirda xarakter mantiqi ustunligi belgisi. 
3. 
Yozuvchi realizmida ilmiylik-tarixiylik tadriji ” [2,52-53]
degan so‘zlari xarakterlidir. “Ibn Sino” romanini yaratishda yozuvchi yuqorida qayd 
etilgan uchinchi tendensiyaga amal qiladi. Realizmida ilmiylik-tarixiylik tadriji asosida 
“Ibn Sino” romani voqeligi va uning bosh qahramoni qiyofasini aks ettiradi. Otasi 
Abdulloh ibn Xasanga xos tadbirkorlik, oddiylik, kambag‘alparvarlik, tejamkorlik, 
onasi Sitorabonuga xos mehnatkashlik, andishalilik xislatlari Ibn Sinoga ham o‘tgan. 
Shu bois ham tib ilmini puxta egallab, Amir Nuh Mansurning e'tiboriga tushadi va 
ishongan tabibiga aylanadi. Dastlab Ibn Sino mashhur olim Notaliy qo‘lida tahsil oladi. 
Roman voqealari davomida Abu Ali Ibn Sinoning Mas'ud qandolatpazning qizi 
Sanamga oshiq bo‘lishi, Sanamning ham unga muhabbati batafsil tasvirlanadi. Amiru 
xonliklar o‘rtasidagi toju taxt uchun kurashlar to‘fonida ushbu muhabbat ochilmay 
zavolga yuz tutadi. Ibn Sino esa shaharma shahar ko‘chib yurishga, darbadar hayotga 
giriftor bo‘ladi. Ulug‘ ensiklopedist olim bo‘lgan Ibn Sinoning ilmiy faoliyati falsafa, 
meditsina, fizika, ximiya, matematika, tilshunoslik, musiqashunoslik va boshqa 
sohalarni qamrab olganligi asarda izchil yoritiladi. Yozuvchi bosh qahramonning el-
yurt orasida qanchalik manzur bo‘lganligini asardagi turli personajlar tomonidan 
aytilgan afsona va rivoyatlar orqali ham ifodalaydi. Ibn Sinoning ichki olami, tuyg‘u-
kechinmalari uning onasi Sitorabonuga, ukasi Mahmudga, qadrdoni Beruniyga
shogirdi Mas'umiyga yozgan xatlarida yuz ko‘rsatadi. Ushbu xatlarda Ibn Sino 
mehribon o‘g‘il, talabchan va mushfiq aka, maslahatgo‘y ustoz, dunyoqarashi keng 
olim qiyofalarida namoyon bo‘ladi. Yozuvchi bosh qahramonning asar voqealari 
davomida turli rakurslardagi holatini yoritarkan serqirra iste'dod sohibining dolg‘ali 
hayot yo‘lini, avlodlarga ibrat bo‘larlik xarakter qirralarini yoritishni maqsad qiladi, 


472 
hamda bunga erishadi. Ibn Sino islom diniga e'tiqodi baland, tabiat hodisalariga xolis 
boqib haqqoniy tahlil etuvchi, har qanday holda ham haqiqatdan so‘zlaguvchi shaxs 
sifatida tasvirlanadi. Ibn Sino qaysi hukmdor bilan ro‘baro‘ kelmasin uning yuksak 
iste'dodidan, fikri teranligidan hayratga tushadilar. Lekin Abu Vosiq, saroy tabibi ar-
Roziy Fayq Ibn Sinoga yomonliklar qiladilar. Odamlarni yollab saroy kutubxonasiga 
o‘t qo‘yadilar. O‘t qo‘yguvchilar qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
Ibn Sino taqdir taqozosi bilan Xorazmda jamuljam bo‘lgan olimu fuzalolarning 
majlisi ulamo deb atalmish Ma'mun dorilfununiga kelib qo‘shiladi. Shoh Ma'munga 
olim o‘zini Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino ekanini aytarkan, uning oddiy 
ma'danni oltinga aylantirish mumkinmi degan savoliga “Ustozim Masihiy janoblari 
aytkanlaridek, bizdan oldin o‘tgan kimyogar olim bu sohada ko‘p amal ko‘rsatdi. 
“Sirlar kitobi” risolasini o‘qigan bo‘lsangiz, Jobir singari u ham iksir yordamida bir 
ma'danni ikkinchi ma'danga aylantirish xususida anchagina tajribalar o‘tkazdi. 
Roziyning yaratgan ma'dani ko‘rinish jihatdan oltinga o‘xshasa ham, lekin haqiqiy 
oltin emasdi. Fikrimcha, bir ma'danni ikkinchisiga aylantirish uchun uning tarkibiy 
qismlar, ya'ni oltingugurt, simob va boshqa eritmalar orasidagi nisbatni o‘zgartirish 
kerak. Vaholanki, bizlar bu nisbatning qanday ekanligini bilmaymiz, demak uni 
o‘zgartirishga qodir emasdurmiz. Bunga zaminimizning o‘zi qodirdir, bular hammasi 
Allohning irodasi bilan bo‘ladurg‘on tabiiy jarayonki, uning sirlariga inson aqli 
hozirgacha yetolmadi” [1,120-121]. Romanda Ibn Sinoning ana shu tarzda ilmiy 
tafakkuri chuqur ekanligi, rostgo‘y va jasur ekani voqealar davomida yoritila boradi. 
O‘z saroyiga chorlab, maosh belgilab, ilmiy faoliyat yaratib berishga vada qilgan 
Mahmud G‘aznaviy huzuriga bormaydi. Ibn Sino kimningdir qosh-qovog‘iga termulib, 
mute bo‘lib yashashni xohlamaganligi bois darbadarlikda shaharma-shahar ko‘chib 
yurishga majbur bo‘ladi. Romanda Ibn Sino – Sanam, Ibn Sino – Amir Nuh Mansur, 
Ibn Sino – Abdusamad kitobfurush, Ibn Sino – Beruniy, Ibn Sino – Ma'srigiy, Ibn Sino 
– valiahd Manzur, Ibn Sino – Foyiq, Ibn Sino – Abdumalik, - Qora Turk, Ibn Sino – 
Abul Abbos Ma'mun, Ibn Sino – Masihiy, Ibn Sino – Bobo Kuhiy, Ibn Sino – Amir 
Qobus, Ibn Sino – Sulton Mahmud, Ibn Sino – Zarrin Gisu, Ibn Sino – Juzjoniy, Ibn 
Sino – Kadibonu, Ibn Sino – Amir Shamsuddavla, Ibn Sino – Farruh, Ibn Sino – 
Tojiumulk, Ibn Sino – Amir Alouddavla orqali bosh qahramon qiyofasi turli 
rakurslarda jilva beradi.


473 
Hamadon amiri Shamsuddavlani qulanch kasalidan davolab vazir mansabiga 
ko‘tariladi. Lekin lashkarlarga vaqtida oylik berilmagani bois Ibn Sinoni aybdor topib 
qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Ibn Sino o‘z shogirdlari bilan Abu Sa'd ibn Dahduq degan 
kishining uyida qirq kun yashirinib yotadi. Shamsuddavla parxezga amal qilmay kasali 
qo‘zg‘ab vafot etadi. Uning o‘rniga taxtga valiahd shahzoda Samouddavla o‘tiradi. 
Saltanatni boshqarish Hamadon qo‘shini sarkardasi Tojiulmulk Abu Nasr ibn Bahrom 
qo‘liga o‘tadi. Ibn Sinoni yomon ko‘ruvchi bu amir uni har doim ta'qib etadi. Shayx 
Farajon qal'asidan joy ajratishni sarkordan so‘raydi va qoya ichida o‘yib qilingan 
xonada yashay boshlaydi. Romanda yozuvchi tomonidan uning holati shunday 
tasvirlanadi: “Ibn Sino shuncha dunyo kezib, oxiri kelib-kelib kichik bir g‘aribxonaga 
qo‘ndi, qismatida shul ham yozilg‘on ekan-da. Osmon – baland, yer – qattiq, 
bormagan, ko‘rmagan joylari qolmadi, uning ortidan soyadek ergashib izma-iz yurgan 
yaqin hamrohi ham shu qismat. Axir, o‘zi bu dunyoga ne uchun keldi, uysiz, joysiz, 
bola-chaqasiz. Allohning inoyati shumi, olimligi, hakimligi qayda qoldi, umri doim 
azobda, qiynalishda, darbadarlikda o‘tmoqda” [1,256]. 
Xullas Maqsud Qoriyev serqirra iste'dod sohibi, tib ilmining bilimdoni Abu Ali 
Husayn ibn Abdulloh ibn Sino qiyofasini haqqoniy gavdalantirish uchun uning ilmiy 
asarlari, she'rlaridan foydalanadi. Ulug‘ allomaning dolg‘ali, dramatizmga boy hayoti 
va faoliyatining jonli tasvirini yaratadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Qoriyev M. Ibn Sino. Tarixiy roman. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa 
kontsernining bosh tahririyati, 1995. 
2.
Shonazarov Yu. 20-30-yillar o‘zbek va tojik romanlarida xarakter yaratishning ba'zi 
masalalari(qiyosiy va qiyosiy-tipologik aspektlarda): Filolog. fan. nom... diss. – 
Toshkent, 1992. – B.52-53 (152 b) 

Yüklə 34,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin