Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar Reja



Yüklə 25,24 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü25,24 Kb.
#47869
  1   2   3
Maqom asoslari


Maqom asoslari, Lokal (mahalliy) uslublar

Reja:

 

1. Maqomlarnig umumiy  asoslari Shashmaqom



2. Cholg’u bo’limi, ashula bo’limi.

3. Shoshmaqomning Xorazm maqomidan farqi

4. Farg’ona –Toshkent maqom yo’llari.

5. O’zbekistonda mavjud bo’lgan mahalliy uslublar Farg’ona  -Toshkent, Buhoro – Samarqand  Surxandaruo –Qashqadaruo uslublarining o’ziga xos xarakterli belgilari, ularning bir-biridan farqi.

Tayanch so‘z va iboralar: Buxora shashmaqomi- maqomlar turkimi sifatida Buxorada yuzaga kelgan shakl. Maqom yo`llari- maqom uslubidagi kuy vaashulalarning mustaqil ko`rinishi. Saraxbor-  Shashmaqom ashula bo’`limlarini boshlang`ich qismi. Shashmaqom-  Maqomlarining muayyan shakli. Chormaqomi -  qismlari bir-biriga bog`lanib  turkum shaklida emas, balki umumiy nom ostida keladigan mustaqil kuy yo`llari. "Jahriy"-  ochiq baralla aytiladigan. "Katta ashula"- ilohiy mavzulardagi ashulalarni mumtoz kuy yo`llariga solib aytish. Xalq orasida "katta ashula" deyilgan.

 

Maqomlarnig umumiy  asoslari Shashmaqom - Tarixdan bizga ma’lum Mo`g`ul istilosidan keyin Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma’muriy markazga aylanib  Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o`tay boshladi. So`ngra Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosavati bilan uning asosiy o`zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo’`lgan Shaybo’niylar (XVI a.), Ashtarxoniylar (XVII a.) va Mang`it xonlari (XVIII a.) davlati qaror topdi. Buxoro xonligi (amirligi)ning solnomasi XVI asrda o`zbek urug`idan chiqqan Shaybo’niylar sulolasining tarix maydoniga chiqishi va bu azim shaharni poytaxt qilib olishidan boshlanadi.XVI asrning boshida (1505 yil) hirot Shaybo’niylar tomonidan ishg`ol etildi. Temuriylar imperiyasi uchta yirik bo’`lakka ajralib ketdi: Movarounnahr, Eron va Shimoliy Hindiston (Boburiylar) davlatlari. Tarixning ana shunday murakkab burilish paytida Temuriylar davri, xususan, Samarqand va hirot bo’y madaniy an’ana-larining munosib borisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. O`zbek xonlari Shaybo’niylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga zamonasining ko`zga ko`ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshladi hamda unda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning "Buxoro maktabi" deb nom olgan uslubi taraqqiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahdi orasida yirik ilm va sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. A.Fitrat Kavkabiyning o`zbek xonliklari madaniy hayotidagi o`rnini Abdulqodir Marog`iyning Temuriylar zamonidagi ahamiyatiga tenglaydi.

Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Bo’yqaroga o`xshav, adabiyot va nafis san’atlar homiysi va ayni chog`da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o`z saroyining ko`rki tariqasida e’zozladi. Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529 yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi Taxmasp tomonidan shoir hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish bo’qea ushbu davr tarixchisi Hasanxo`ja Nisoriyning "Muzakkiri aqbob" asari va boshqa manbalarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan "Musiqa risolasi" va "O`n ikki maqom haqida" asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va hindistonda ijod qilgan ko`pchilik musiqashunoslar o`zlarini Kavkabiy maktabining dabo’mchilari deb biladilar. Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani DarveshAli Changiy alohida mavqeyga ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan. va ularning har biriga atav mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o`xshav, u turli ilm sohalarini o`zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. O`z mavqeyiga ko`ra DarveshAlini islom Sharqining atoqli musiqashunoslari silsilasining so`nggi namoyandalaridan biri deyish mumkin. Olimning mavzuga oid eng yirik asarlaridan biri "Risola-yi musiqiy" ("Musiqa risolasi") mazkur ilmining an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkirabiy ma’lumotlarni ham o`z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan "Risola-yi musiqiy" nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, vevosita shu davlat hukmdorlariga vag`ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki mintaqabiy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko`zda tutash lozim. Boshqacha aytganda, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o`rganishga qaratilmagan. Ularda unibersal toifadagi mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy asoslariga vag`ishlangan masalalar o`rin olgan. DarveshAli umrining oxirgi yillari nochor va mushkul ahbo’lda o`tdi. Olimga nisvatan bunday munosavat nafis san’atlarga bo’`lgan e’tiborning pasayib ketganligidan dalolat beradi. haqiqatan ham XVII asr o`rtalaridan kuchaygan diniy xurofot oqibatida dunyobiy san’atlar, xususan, musiqiyga bo’`lgan ehtiyoj ancha zaiflasha boshladi. Shu sababdan Buxoro ziyolilari va san’at ahlining katta guruhi hindistonga hijrat qilishga majbur bo’`lganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. hindistonda o`z vatanini qo`msav g`azallar bitgan shoir va sozanda Mutribiy Samarqandiy shular jumlasidandir.

       1746 yilda Ashtarxoniylar o`rniga boshqa bir o`zbek sulolasi mang`itlar Buxoro taxtiga o`tirdilar. Bu davrda Movarounnahr davlatining hududlari yanada torayib, san’at va adabiyotda ham mushtarak umumsharqiy xususiyatlardan ko`ra mahalliy uslublar ustunroq chiqa boshlaydi. Ana shunday umumiy intilishlar doirasida o`ziga xos yorqin jihatlarga ega bo’`lgan Buxoro Shashmaqomi qaror topa boshladi. Samarqand va Hirot madaniyatining vevosita merosxo`ri bo’`lgan Buxoro maqomchiligining yuksak an’analari izsiz yo`qolib ketmadi. Ular musiqaning yangi nabi bo’`lmish Shashmaqom asoslariga singa boshladi. Oldingi maqom yo`llarining Shashmaqom tizimiga aylanishi shunchaki yuzaki holat emas, balki bu - qadimiy maqom an’analarini yangi ijtimoiy-madaniy muhitda ijodiy o`zlashtirish, ularni mahalliy kuy va ashulalarning o`ziga xosligi bilan to`ldirilishining murakkab jarayonidir. Shu tariqa klassik musiqamizning "oltin davri"dan vevosita "Shashmaqom bo’sqichi"ga o`tishida ko`plab ijodiy rishtalarni kuzatsa bo’`ladi. Bu ikki tarixiy bo’sqich o`rtasidagi bog`lanishlar maqom yo`llarining obrazlar olamida, janr tizimida, kuy va ashulalarning parda hamda vazn asoslarida nazarga tashlanadi.

Cholg’u bo’limi, ashula bo’limi - "Shashmaqom" iborasi klassik musiqamizning yangi ko`rinishining nomi sifatida vevosita soxaga oid manbalarda XIX asr o`rtalaridan uchraydi. Bu o`rinda ham atamaning paydo bo’`lishi jarayonning boshlanish nuqtasi emas, aksincha, uzoq dabo’m etgan ijodiy izlanishlarning natijasi sifatida ko`rilmog`i zarur. Shunga e’tiboran Shashmaqom Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, vetakror me’moriy yodgorliklar yoki hech bir narsaga qiyoslab bo’`lmaydigan zardo`zlik san’atlari kabi Buxoro madaniyatishshg eng noyov durdonalari qatoridan o`rin oladi. Shashmaqomninh usul va kuylari Buxoro naqshlariga o`xshav, o`zining fusunkorligi va yorqin bo’`yoqlari, go`zal shakllari bilan ajralib turadi. Kuy va usullarning har biriga berilgan nozik sayqallar hamda ularning juda puxta, mukammal ishlangan yaxlit tizimi Buxoro Shashmaqomi uslubining tub xususiyatlari sifatida namoyon bo’`ladi.

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Shashmaqom haqidagi ma’lumotlarni Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat va boshqa mualliflarning asarlaridan topish mumkin. Mazkur davr tarixida Ahmad Donish taniqli shaxs. Eng avvalo, u Buxoro madaniy-ma’ryfiy muhitida bo’yaga yetgan va musiqa san’atiga yaqindan aloqador bo’`lgan ziyoli. Dutor, tanbur chalib zavq olish uning odatlaridan bo’`lgan. O`zining "Nabo’dirul vaqoye" ("Nodir bo’qeyalar") kitobidagi falsafiy mushohadalaridan birida surat (tashqi ko`ri-nish) va siyrat (ichki mazmun) masalalariga to`xtalib, musiqiydan qiziq o`xshatish keltiradi: "Sozanda o`rtada o`ltirib cholg`usiga tortilgan torga yoki simga noxun uradi. Natijada kishilarning qulog`iga darang-darang, g`ing-g`ing ovozlari eshitilib turadi. haqiqatda esa bu ovozlarni ta’sir etib aytmaydilar. Haqiqiy ta’sirlanish yuzaga kelganda  cholg`uchi hamda uning butun harakatlari eshituvchining ko`nglidan ko`tariladi. Tom tuynugidan tushgan quyosh no’rining nayzasi kabi nafis noxun noziktorga yetib to`xtaydi. Uzoq-uzoqlardan kelgan mungli nola quloqqa uriladi. Kishi gohida xayolan cholg`u chaladi. Ammo sozandaning o`zi ko`rinmaydi; uning ustida boshqa bir cholg`uchi paydo bo’`ladiki, u esa Zuhro yulduzining ruhi hisoblanadi. Mana shunday ta’sirlar ko`pincha tiniq, nafis ko`ngillardagina paydo bo’`ladi. Lekin uni so`z qilib, qalamga keltirib yozib bo’`lmaydi.." Sadriddin Ayniyning vafotidan keyin chop etilgan maqolasida Shashmaqomning paydo bo’`lishi haqida quyidagilar ma’lum etiladi: "XIX asrda tojik klassik musiqasining nazariyasi va amaliyotida Ahmad Maxdumi Donish (1827-1897), Iso Maxdum (1827-1888), Abdulqodir Xo`jai Savdo (1823-1873) va boshqalar katta muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritib, shuhrat qozondilar. Savdo "Shashmaqom"ning barcha shu’valarini o`zgacha qilib, ashula va cholg`u kuylarini yaratdi.

Shoshmaqomning Xorazm maqomidan farqi - Shashmaqom masalasiga keladigan bo’`lsak, uning tarqalishida ikki asosiy an’ana qaror topganligi kuzatiladi. Birinchisi - eng nufuzli maqom muxlislari diqqatiga habola etiladigan hashamatli saroy uslubi (rikobiy). Ikkinchisi - maqom yo`llarining saroydan tashqarida kengroq doirada, to`y-hashamlar, vazmu ziyofatlar, gapu gashtaklarda joriy etiladigan ma’muliy, amaldagi ko`rinishi. Bunday ijrochilar - ma’muliy (xalqchil) yo`nalish "savtxon" (ashulachi) deb yuritilgan. Xorazmda xos va ma’muliy toifadagi ijrochilar "saroy sozandalari" va "el sozandalari" nomlari bilan atalgan. "Saroy uslubi" - "yopiq tizim", u, eng avvalo, har bir maqomning, tarkibiy shu’va va qismlarini odovga mubo’fiq, muhimlashgan yaxlit turkum sifatida ijro etilishini nazarda tutadi. Qolabersa, kuy va ashulalarni parda hamda usul qonun-qoidalariga to`la rioya etgan holda, barcha unsur va amallarini joy - joyiga qo`yib, mukammal badiiy asar tarzida talqin qilishni taqozo etadi. Xullas, xos uslubda nuqson yoki kamchilikka o`rin bo’`lmasligi kerak. Bu ishni yuqori sabiyada uddalash uchun esa hofiz yoki cholg`uchi tabiiy imkoniyatlardan tashqari, tajriba, ko`nikma, maqorat qamda usta ko`rgan va maktab o`tagan bo’`lishi zarur.

Muqobil ma’muliy uslub - "ochiq tizim" - maqom qismlarini alohida kuy va ashulalar sifatida hamda oddiyroq tarzda ijro etashga imkon beradi. Bunda ovozi yetmagan savtxonlar (ashulachilar - bu o`rinda "ashula" xalq shevasidan kelib chiquvchi ibora ekanligiga e’tibor berish lozim) maqom yo`llarining yuqori avjlarini biroz ixchamlashtirib, yengilroq variantlarda aytishi ham mumkin. Ayrim sharoitlarda savtxonlar maqom parchalarini yakka doyra jo`rligida ham ijro etganlar. Saroy uslubida esa bunga yo`l qo`yilmagan. Zikr etilgan tarixiy an’analar to`g`risida gap borganda shuni ta’kidlash lozimki, ular orasida chegaralangan debor bo’`lgan emas. Aksincha, yagona Shashmaqom tizimining xos va ma’muliy ko`rinishlari parallel oqimlar sifatida doimo bir-birini to`ldirib, bo’yitib kelgan. El orasidan chiqqan ovoz va iste’dod sohiblari saroyga jalv qilingach, xos muhitda tarbiya topib, san’atlarini yuksak cho`qqilarga ko`targanlar. O`z navvatida el sozandalari mohir ustozlar ijodida sayqal topgan mumtoz maqom yo`llari asosida ommabop kuy va qo`shiqlar ishlab, xalqni undan vahramand etganlar. Maqom taraqqiyotida yetakchi omil bo’`lib xizmat qilgan saroy an’analarining rivoji ko`p jihatdan vevosita hukmdorlarning soz san’atiga qiziqishi va e’tiboriga bog`liq bo’`lgan. Bu o`rinda Buxoro taxtiga o`tirgan so`nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Amir Olimxonlarning sozparbarligini aytav o`tish kerak. Ular homiyligida o`ktam ijodkorlarning saroyga to`planishi Buxoro Shashmaqomining venazir badiiy namuna sifatida sayqal topishiga olib keldi.


Yüklə 25,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin