5
xodimlarni ishga qabul qilishda ularga mazkur Nizom talablari imzo qo‘ydirilgan
holda tanishtiriladi;
Nizom talablari bo‘yicha xodimlarga tushuntirish va maslahatlar berish ishlari olib
boriladi;
aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari ro‘yxatga olib boriladi;
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini o‘rganish, ularga baho berish hamda manfaatlar
to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan choralarni belgilash Kadrlar bo‘limi tomonidan
amalga oshiriladi;
manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish jarayonining samaradorligini ta’minlash
maqsadida kuzatish hamda monitoring amalga oshiriladi.
Manfaatlar
to‘qnashuvi
boshqarilishida
qonun
hujjatlari
talablari
asosida
boshqarishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
14. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
hollarda quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin:
xodimning tegishli faoliyatni amalga oshirishda yoki qaror qabul qilishda ixtiyoriy
ravishda ishtirok etmasligi yoki chetlashishiga ruxsat berish;
xodimning lavozim vazifalarini ko‘rib chiqish yoki unga o‘zgartirish kiritish;
xodimning shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarga cheklovlar
o‘rnatish;
xodimning shaxsiy manfaatlari uning lavozim majburiyatlariga zid bo‘lsa, uni
manfaatlar to‘qnashuvi ta’sir etmaydigan boshqa lavozimga o‘tkazish;
xodimning Qo‘mita faoliyatiga yoki manfaatlariga salbiy ta’sir etuvchi o‘zining
shaxsiy manfaatlaridan voz kechishi;
xodimning shaxsiy manfaatlari Qo‘mita faoliyatiga yoki manfaatlariga zid bo‘lsa
hamda uni boshqarishning boshqa choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmasa xodim bilan tuzilgan
mehnat shartnomasini bekor qilish.
Dostları ilə paylaş: