Manfaatlar to'qnashuvi



Yüklə 59,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix29.03.2023
ölçüsü59,49 Kb.
#91201
  1   2   3   4   5   6   7   8
manfaatlar-toqnashuvi 1




 
Davlat statistika qo‘mitasining 
2021- yil 29- dekabrdagi
127-sonli buyrug‘iga 
3-ilova 
Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy statistika organlarida
manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom Davlat statistika qo‘mitasi, hududiy statistika organlarida
(keyingi o‘rinlarda Qo‘mita) manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga 
solish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari egallab turgan lavozimi va bajarayotgan xizmat 
vakolatlaridan qat’iy nazar Qo‘mitaning barcha xodimlariga tegishli. 
4. Mazkur Nizom Qo‘mitada yuzaga kelgan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqarish masalalaridagi asosiy ichki hujjat 
hisoblanadi va barcha xodimlar tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi shart.
5. Qo‘mita xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar 
Qo‘mitaning Kadrlar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Kadrlar boshqarmasi deb yuritiladi) 
tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
6. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aloqador shaxslar – Qo‘mita xodimi bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida 
ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan 
aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi 
bundan mustasno; 
kronizm – do‘stlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim etish 
maqsadida hokimiyat (lavozim mavqesidan) va obro‘sidan foydalanish; 
manfaatlar to‘qnashuvi – Qo‘mita xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) 
manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga 
ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik 
bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy 
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan vaziyat; 

Yüklə 59,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin