Mamzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi


‘Informagika’ fanini o’qitish usullari



Yüklə 26,71 Kb.
səhifə6/6
tarix22.01.2023
ölçüsü26,71 Kb.
#80174
1   2   3   4   5   6
2-MA\'RUZA

2. ‘Informagika’ fanini o’qitish usullari.
‘Informagika’ fanini o’qitishda qiziqtiruvchi va interfaol usullardan ko’p foydalanamiz. Ayniqsa pedagogika sohasida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari: Kuzatish, taqqoslash, analogiya, indukstiya, dedukstiya, (Indukstiya - oddiydan murakkabga; Dedukstiya - murakkabdan oddiyga; Analogiya – o’xshashlik.) analiz, sintez, abstrakstiya, umumlashtirish usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Birinchi va aniqlangan tushuncha; aniqlangan ko’rinish; kirish tushunchasi va usullarini qo’llash yaxshi natija beradi.
O’qitishning qiziqtiruvchi usullari.Ma’lumki, informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim.
Masalan, ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini bolalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina kuchli o’quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni ham qamrab oladi.
Boshqa o’quv predmetlaridan kuchsiz o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo’lishlari bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.
O’yinli vaziyat, krossvord va rebusni echishdagi qiyinchiliklarni engib o’tishdagi elementlari o’quvchilarni shunday o’ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohasidagi bilimlarini to’ldirishga rag’batlantiradi.
O’qitishning interfaol usullari.‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’da o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan. Ushbu masalani hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq.
Avvalo ‘interfaol (interaktiv)’ tushunchani aniqlashtirib olaylik.‘Interaktiv’ degan so’z inglizcha ‘interact’ so’zidan kelib chiqqan. ‘Inter’ – o’zaro, ‘act’ – ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Demak interaktiv deganda o’zaro ish ko’rish, faoliyat ko’rsatish yoki suhbat bilan yoki tartibda kim bilandir (inson bilan) diolog (muloqot) holatida bo’lish tushiniladi. Shunday qilib, interfaol o’qitish – bu, avvalambor muloqatli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi.
Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Bilish jarayonida o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o’ziga xos aloqada individual hissa qo’shishi, o’zaro bilimlar, g’oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushiniladi. Shu bilan birga, bularning hammasi o’zaro xayrixohlik va qo’llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o’zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq kooperstiya va hamkorlik pog’onalariga olib chiqadi.
Darslardagi interaktiv faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda echishga olib keladigan diologli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interaktiv metod bitta so’zga chiquvchining, shuningdek bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi.
Dialogli o’qitish jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga, ulab va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqat qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo’llaniladi.
Interaktiv o’qitishni tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
 guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqatlari jarayonida, boshqalarning qadriyatlarini tushinib etish;
 boshqalar bilan o’zaro muloqatda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;
 o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

Shuning uchun interaktiv o’qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ikkita asosiy funkstiyalar amalga oshirilishi lozim:


 o’qitishning pragmatik jihati qo’yilgan o’quv masalasini echishlikning shartligi;
 tarbiyaviy masalalarni echish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a’zolariga yordam ko’rsatish, xulq-atvor normalarini shakllantirish).
Ushbu faktni alohida qayt etish lozimki, o’qitishning barcha interaktiv usullarini verbal (og’zaki) va noverbal usullarga ajratish mumkin.
Og’zakilarga quyidagilar kiradi:
 vizual:
 yuz ifodasi, gavdaning holati, harakatlar, ko’zlar orqali aloqa.
 akustik:
 intonastiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi, nutqiy pauzalar va hokazo.

Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:


 ‘oxiri ochiq’ bo’lgan savollar, ya’ni yagona ‘to’g’ri’ javobga emas, balki muammo (savol) bo’yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila olishga yo’naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;
 o’quvchilar bilan muloqatda o’qituvchi tomonidan o’zining nuqtai nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb aniqlanishi. Bu narsa mashg’ulot paytida o’quvchilarga qo’rqmasdan ‘to’g’ri ‘ va ‘noto’g’ri’ nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini beradi;
 mashg’ulotning tahlil va o’z-o’zini tahlil qilishga tayyorgarlik.

Ushbu holat mashg’ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir bo’lganini, o’zaro faoliyat qaerda ‘osilib’ qolganini, u nima bilan bog’liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarni ro’y bermaslik uchun nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushinib olishga yordam beradi.


 mashg’ulotning borishini, uning kulminastiyasini, natijaviyligini va boshqa kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.

Birinchi bo’limga alohida e’tiborni qaratishni istar edik. O’qituvchining savoli – bu, o’quvchining tafakkurini bostirish yoki rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki xil turi mavjud (interaktiv o’qitish nuqtai nazaridan).


 o’quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy qayta tiklashga keltirib qo’yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash jarayonini to’xtatib turishga xizmat qilib, o’quvchiga uning fikri hech kimni qiziqtirmasligi tushunib etishiga olib keladi;
 fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini ko’tarish bilan birga, o’quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega ekanligiga ishonch uyg’otadi.

Quyida savolni to’g’ri ifoda qilish bir qancha tavsiyalarni keltiriladi.


1. Savollarni aniq va qisqa qo’yish lozim.
2. Bitta savol orqali faqat bir narsani so’rash.
3. Savol mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
4. Savoldagi barcha so’zlar o’quvchiga tushunarli bo’lishi kerak.
5. Har bir savolga bir nechta javob bo’lishiga harakat qiling.
6. Konkret predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishida engillik tug’diradi.
7. Faqatgina ‘ha’ yoki ‘yo’q’, ‘to’g’ri’ yoki ‘noto’g’ri’ degan javoblar beriladigan savollarni berishdan saqlaning.

8. O’quvchilarga o’z tajribalariga tayangan holda javob beradigan savollarni bering.


9. O’zining nuqtai nazarini bildiradigan savollarni bering.
10. Qo’yilgan savolga javob berilganda, o’quvchilardan ‘Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?’ deb so’rab turing.
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etilganda e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir holat, bu vazifaning mazmuni masalasidir. Vazifaning mazmuni o’qitishning an’anviy shakllariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega bo’lishi lozim.Masalan, guruhga darslikdagi ma’lum bir paragrafni konspektini olish vazifa sifatida berish maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o’quvchi bu ishni o’zi, mustaqil bajarishi mumkin.Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo’yilishigina, o’quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi.
Masalan, dasturlashga oid masala echilganda, uni kichik masalalarga bo’lish mumkin. O’quvchilarni ham kichik guruhlarga bo’lish va har biriga kichik masalani echishni va dasturini tuzishni tavsiya etish mumkin.
Dars oxirida guruhlarning echimlari asosida asosiy masala echishni tashkil qilish lozim. Buning natijasida bitta dars davomida murakkab masalani echish va unga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish mumkin bo’ladi. Ushbu usulning hozirgi davrda ta’limda qo’llanish ko’lami ortib borayotgan ‘Loyihalar usuli ‘ ning ko’rinishlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi.
O’qitishning interaktiv metodlariga Venna diagrammasi, Klasterlar, Insert texnologiyasi, T-sxema, Katta aylana, Aqliy hujum, Chigal mantiqiy zanjirlar, 6*6*6 metodi, Rolli o’yinlar, Besh minutlik esse kabi metodlarni misol qilish mumkin.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1. Ta’lim jarayonini qanday tushunasiz?
2. Ta’lim jarayonida talaba va o’qituvchi faoliyatini aytib bering?
3. Asosiy mashg’ulot shakllarini ta’riflab bering?
4. Ta’limni texnologiyalashtirishning afzalligi nimada?
5. ‘Dars’ tushunchasini yoritib bering.
6. O’qitish shakllari deganda nimani tushunasiz?
7. O’quv mashg’uloti turlarini tavsiflang.
8. Qanday faol o’qitish shakllari sizga ma’lum?
9. Informatikani o’qitishda qanday o’qitish shakllaridan foydalaniladi?
Yüklə 26,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin