Mamlakatimizda



Yüklə 47,76 Kb.
səhifə5/9
tarix14.12.2023
ölçüsü47,76 Kb.
#176824
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-MA\'RUZA

Tabiiy fanlar: fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o’rganish uchun material beradi. Tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro va hamkorligi hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot va psixologiyaning o’zaro va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.

    1. mulokot psixologiyasi;

    2. muxandislik psixologiyasi;

Kasbiy psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo’lsak, u quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
Muxandislik psixologiyasi: muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat- larini o’rganadi;
Muloqot psixologiyasi: Shaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi shaxslarning mulokati tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi,
Ijtimoiy psixologiya va kasbiy psixologiya o’rtasida farq qiluvchi tomonlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. kasbiy psixologiya fanining ko’lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug’ullanmaydi;

  2. kasbiy psixologiya fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko’proq, bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog’liq psixik jarayonlarning o’ziga xosligi bilan ifodalanadi;

  3. kasbiy psixologiya fanining ishlash metodlari aksariyat hollarda

«maxsuslik» xarakteriga ega;

  1. kasbiy psixologiyaning ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;

  2. kasbiy psixologiya katta psixologik stress holatlarini ham o’z ichiga oladi;

  3. kasbiy psixologiya texnik muxandis xodimlarining psixologiyasini shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.

Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya kabi bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Bular:

  1. profilaktika faoliyati psixologiyasi;

  2. muxandislik faoliyati psixologiyasi;

  3. inson-texnika munosabatlari psixologiyasi;

  4. kasbiy faoliyat psixologiyasi.

Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib u o’zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi,
muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.
Mazkur farqlar jadvalda quyidagicha ifodalaniladi



Yüklə 47,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin