ADOQuery komponentasining Active xususiyatiga “True” belgilanadi. Shundagina kiritilgan so‘rov ishga tushadi va tekshiriladi. DataSource komponentasininng DataSet xususiyatiga “ADOQuery1” belgilanadi. Bu bilan ikkita komponent o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.
Kiritilgan so‘rovni aks ettirish uchun yana bir komponenta DBGrid komponentasi kerak bo‘ladi. Bu komponenta Data Controls bo‘limida joylashgan. U ishga tushirilgandan keyin esa Data Source xususiyatiga “DataSource1” belgilanadi. Tayyor bo‘lgan loyiha kompilyatsiya qilinadi. Bu jarayon 18.15 - rasmda aks ettirilgan.
Bu loyiha har safar ishga tushirilganda ma’lumotlar bazasi logini va paroli tizim tomonidan so‘raladi. Buni oldini olish uchun ADOConnection komponentasining LoginPromt xususiyatiga “False” belgilanadi.