Maktabgacha ta’lim tizimi va boshlang’ich sinf o’quvchilari darsida innovatsion metodlarning qo’llanishi va metodlarning samarasi



Yüklə 290,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.09.2023
ölçüsü290,16 Kb.
#143858
2-сон-19-23



“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 19 ~ 
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI VA BOSHLANG’ICH SINF 
O’QUVCHILARI DARSIDA INNOVATSION METODLARNING 
QO’LLANISHI VA METODLARNING SAMARASI 
 
Rahmanova Zamiraxon 
Namangan viloyati Namangan tumani 
42-sonli maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
Elektron pochta: 
zamira.rahimova@internet.ru
  
Annotatsiya:
Maqolada boshlang’ich sinflarda va bog’cha yoshidagi 
bolalarda,darsni yaxshi o’zlashtirishga yordam berish usullari va metodlari o’yinli 
tarzda yoritib berilgan.Bunda o’quvchilar dars bilan birga jismoniy mashqlarni 
hamohang tarzda amalga oshirishadi. 
Kalit so’zlar:
Kompetensiya, yangi pedagogik va axborot texnologiyalar, xalqaro 
standartlar,metodlar,tinch o’yinlar,musobaqa o’yinlar. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2020-yil 
6-noyabrdagi 
“O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o’rinlarda 
— Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida: 
1. Maktabgacha ta’lim vazirligi: 
a) Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan 
birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul 
bir yillik tayyorlash hamda boshlang’ich ta’lim o’quv dasturlarining o’zaro uzviyligini 
ta’minlash choralarini ko’rsin; 
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va 
idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha ta’lim tizimida 
zamonaviy o’qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilsin, 
jumladan: 
xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 
rivojlanishini baholash mezonlari va ko’rsatkichlarini ishlab chiqsin; 
bolalarning o’sishi hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish jarayonlarini 
monitoring qilish bo’yicha “Bolalar bog’chasi” axborot boshqaruv tizimini ishga 
tushirsin va unga kiritiladigan ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlasin; 
maktabgacha ta’lim xizmatlari uchun elektron to’lov tizimlarini joriy qilsin; 
maktabgacha ta’lim sohasida axborot boshqaruv tizimini boshqa vazirlik va 
idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 20 ~ 
2. Milliy o’quv dasturini (keyingi o’rinlarda — Dastur) joriy qilish bo’yicha 
tajriba-sinovni lozim darajada o’tkazish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi 
Respublika ta’lim markaziga quyidagi vakolatlar berilsin: 
umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti, tayanch va variativ o’quv rejalari 
hamda dasturlarini ishlab chiqish; 
Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga asosan muallif va tuzuvchilarni tanlash hamda 
darsliklar va o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalarning yagona maketlarini 
yaratish; 
yaratilgan darsliklar va o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalarni ekspertiza 
qilish, ularni ta’lim tizimida qo’llash bo’yicha xulosa berish; 
o’quv reja, dasturlar, yaratilgan darslik va o’qituvchilar uchun metodik 
qo’llanmalarni tajriba-sinovdan o’tkazish ishlariga rahbarlik qilish. 
Xalq ta’limi vazirligi uch oy muddatda Respublika ta’lim markazi faoliyatiga 
yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni 
jalb qilish choralarini ko’rsin. 
3. Bosh vazir o’rinbosari B.A. Musayev va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi: 
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan 
birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, 
shu jumladan o’quv dasturlari, darsliklari, o’qitish metodikalari va pedagog kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini 
tashkil etgan holda o’rganib chiqsin; 
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi bilan birgalikda Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini 
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga hamda Dasturga joriy qilish bo’yicha 
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 
4. Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar: 
xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o’qish” 
tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirsin; 
xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning 
individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish 
tartibini amaliyotga kiritsin; 
xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini 
bosqichma-bosqich joriy qilsin; 
xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish, har 
bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini 
yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron 
platformasini ishga tushirsin. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 21 ~ 
Bog’cha yoshidagi bolalarni va boshlang’ich sinf o’quvchilarini dars jarayoniga 
olib kirish va darslarni qiziqarli olib borishda didaktik o’yinlarning ahamiyati juda 
muhim.Bu jarayonda didaktik o’yinlar o’quvchilarning xususiyatiga ko’ra tashkil 
etilishi muhim ahamiyatga ega.O’quvchilar bunday darslarda bilim berishdan 
tashqari,ko’rgazmali dars tashkil qilish,o’quvchilarni zeriktirmaslik,toliqtirmaslik, 
erkin fikrlash va eng muhimi o’qituvchi o’zining o’quvchilari bilan do’stona muhitni 
shakllantira oladi.Ta’lim jarayonida qo’llanadigan o’yinlarni 2 xil tasniflasak 
maqsadga muofiq bo’ladi: 
Tinch o’yinlar-bu didaktik o’yin turida o’quvchilar tinch holatda mantiqiy 
fikrlab,har xil krasvord ,sakanvord yoki har xil shaklli holatlar bilan bog’liq o’yin 
turlarini o’ynashi mumkin. 
Musobaqa o’yinlar-musobaqa o’yinlarida esa,alohida-alohida guruh bo’lib 
ishlanadi.O’quvchilar bunda nafaqat o’zi uchun balki guruhdoshlari uchun ham jon 
kuydirishlari lozim bo’ladi.Amalga oshirish jihatdan musobaqa o’yinlar nisbatan 
serharakatliroq va shovqinliroq bo’ladi.Hozir quyida, aynan,ayrim intiraktiv o’yinlarni 
maktabgacha va boshlang’ich sinflardagi o’quvchilarda qo’llash jarayonlari bilan 
tanishamiz: 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 22 ~ 
1.”Kopto’k”o’yini-bu o’yin turini o’ynatishdan maqsad o’quvchilarni fanga doir 
terminlarni ko’proq izohi bilan yodlash imkoniyatini beradi.O’quvchilar doi4ra 
bo’ylab turib olishadi va bittadan termin aytib,albatta izohi bilan,boshqa sherigiga 
otadi,u ham bu jarayonni davom ettiradi. 
2.Takrorlash darslarida qo’llanadigan metodlar-bu dars jarayonini jismoniy 
mashq jarayoniga uyg’unlashgan holda olib boriladi.Baskedbol savatchasini 
o’quvchilar bo’yiga moslab joylashtiriladi va ular o’qish yoki ona tili va matematika 
fanidan o’tilgan qoidalarni bitta-bittadan aytib savatchaga basketbol to’pini 
otishadi.Ishonavering bunday o’yinlar bolalarga juda yoqadi va darsingiz unumli va 
qiziqarli bo’ladi. 
3.Hozirgi kunda shaxmat sport turi juda ommalashgan va bolani aqlini 
charxlaydigan mashg’ulotga aylangan sport turidir.Bu sport turini ham bolani mantiqiy 
fikrlashga yo’naltirgan holatda amalga oshirsa bo’ladi.Butun sinfni 2 guruhga 
bo’linadi va shaxmat donalari taxtachaga teriladi.Shaxmat donalarining ostiga esa har 
qiziqarli savollar yoki topishmoqlar joylansa,o’quvchilar yutib olgan donani ostidan 
ushbu savolni olib javob berishadi.Qaysi kamanda yutsa va savollarga to’g’ri javob 
bersa,shu kamanda g’olib hisoblanadi.Agar o’quvchilarni yanada shaxmat sport turiga 
qiziqtirmoqchi bo’lsangiz shaxmat donalarining o’rniga olma yoki oq va qora rangli 
shirinliklarni joylashtirib chiqsa ham bo’ladi.Yutib olingan meva yoki shirinlik 
o’quvchilar tomonidan tanavvul qilinadi. 
4.Matematika darslarida bolani hisob-kitobga o’rgatish uchun “Tipratikan 
tikonchalari”metodi juda samara beradi.Bunda tipratikan tikanlari o’rniga bolalar 
raqamlarni qo’yib chiqishadi va tipratikan tikonchalarini umumiy hisobini qo’shib 
chiqishadi.Tikonchalarni bir-biriga to’g’ri qo’shib chiqqan o’quvchilar a’lo baho bilan 
baholanadi. 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki,zamonaviy ilg’or o’qituvchi har doim har 
qanday vaziyatda bolani o’ziga jalb qilishi lozim.Siz eng aqlli o’qituvchi 
bo’lmang,lekin bolaga tushuntira olmasangiz va bola sizdan zeriksa,siz maqsadingizga 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 23 ~ 
erisholmaysiz.Zero, Yevropada eng yaxshi dars bu-shovqinli dars degan ibora bejizga 
ishlatilmaydi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. PF-6108-son 
Farmoni
 
2.Kun.uz 
3.baxtiyor.ru 
4. Vaqt.ucoz.com 
5. Google.uz 

Yüklə 290,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin