Majolis un-nafois



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix10.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#128064
1   2   3   4
majolis-un-nafois-asarida-qo-llanilgan-qarindoshlik-nomlari-hamda-ularning-semantik-tahlili

449 
Xotin(xotun) –turkiy tillarda nikohdan so‘ng paydo bo‘lgan qarindoshlik termini 
bo‘lib, ma‘no jihatidan erga antonimdir. Oddiy so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib,katta 
yoshdagi turmush qurgan ayolni bildiradi. 
Mavlono Hakim tabibning xotuni Mehriningdur. Va bu faqir siqqa eldin eshittimkim
Sulaymoniyningdur, vallohu a‘lam! 
Izohli lug’atda xotin leksemasiga quyidagicha ta‘rif berilgan:
1. Jinsiy jihatda erkak toifasiga zid, farzand ko‘rish, emizish qobiliyatiga ega odam, 
ayol. 
2.Biror erkak nikohidagi ayol. 
Bu leksema nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik nomini ifodalab keladi. 
Ya‘ni unda qon-qarindoshlik semasi mavjud emas. Xotin leksemasi qarindoshlik nomi 
sifatida, “qarindosh”, “nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindosh”, “yoshi katta”, 
“turmush qurgan”, “farzandli yoki befarzand”, “ayol kishi” kabi semalarga ega.
Farzand – qarindoshlik nomlari ichida eng ko‘p qo‘llaniluvchi leksema sanaladi. 
Asarda ham talaygina o‘rinlarda duch kelamiz. 
Mavlono Xondamir — Mirxondning farzandidur va salohnyatlik yigitdur. Tarix fanida 
mahorati bor. 
Erkak va ayol juftligidan dunyoga kelgan zot sifatida naslni davom ettiruvchi 
ne’matdir. Bu leksema izohli lug’atlarda: 
1.Bola, o‘g’il-qiz, nasl. 
2.Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola(ota-onaga nisbatan). 
Farzand leksemasi “bola”, “qarindosh”, “qon-qarindosh”, “birinchi avlod”, “men”dan 
kichik”, “bola(jinsi neytral)”, “davomchi(naslga nisbatan)” kabi semalarga ega. Bu 
leksemaning aynan ota-ona vorisi emas, yurt, guruh, millat farzandi kabi ma‘nolari nutq 
jarayonidagina yuzaga kelgani sabab ularni sema sifatida izohlash to‘g’ri bo‘lmaydi. 
O‘g’il – Er jinsidagi farzand(o‘z ota-onalariga nisbatan). 
Xoja Abu Ishoq — Xoja Muayyad Mehnaning oʻgʻlidir. Tolibi ilm va xush tab’ yigit erdi. 


450 
Bu leksema dastavval farzandning jinsini aks ettiradi. Shaxs nomi sifatida esa 
“bola”, “qarindosh”, “qon-qarindosh”, “birinchi avlod”, “erkak”, “men”dan kichik”, 
“davomchi(naslga nisbatan)” kabi bir qator semalarni ifodalaydi. 
Farzand va o‘g’il leksemalari bir-biriga juda yaqin bo‘lsada, farzand – har qanday 
jinsdagi bolani, o‘g’il – faqatgina erkak jinsidagi bolani ifodalashi bilan farqlanadi. Ana 
shu farqlanish ularning differensial(farqlovchi) semalaridir. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin