Mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari



Yüklə 241,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix08.10.2022
ölçüsü241,77 Kb.
#64719
  1   2   3
mahalliy-byudjetlar-daromadlarini-tartibga-solish-mexanizmlarini-takomillashtirish-yo-llari



Mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish 
mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari 
Jasurbek Baxodirovich Gazikulov 
Akbar Aqmirzayevich Shernayev 
Toshkent moliya instituti
 
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlari 
barqaroligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga ko‘maklashuvchi 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar, mahalliy byudjetlar daromadlarining iqtisodiy 
mohiyati, mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlari o‘z ifodasini 
topgan. 
Kalit so‘zlar: mahalliy byudjet, mahalliy byudjet daromadi, soliq, tartibga solish, 
mexanizm. 
 
Ways to improve local budget revenue regulation mechanisms 
 
Jasurbek Baxodirovich Gazikulov 
Akbar Akmirzaevich Shernayev 
Tashkent Institute of Finance 
 
Abstract: 
The 
article 
contains 
scientific 
proposals 
and 
practical 
recommendations to support the ongoing reforms in Uzbekistan to ensure the 
sustainability of local budget revenues, the economic significance of local budget 
revenues, mechanisms for regulating local budget revenues. 
Keywords: local budget, local budget revenue, tax, regulation, mechanism. 
KIRISH 
Mahalliy byudjet daromadlari mahalliy va umumdavlat soliqlari hisobiga 
shakllanadi. Umumdavlat soliqlarining mahalliy byudjetlarga ajratiladigan qismi har 
yili qabul qilinadigan qonun va me’yorlar asosida amalga oshiriladi. 
Mahalliy soliqlar va soliqsiz daromadlar mahalliy byudjet xarajatlarini qoplash 
uchun etarli emas, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini boshqariladigan 
daromadlar hisobiga ta’minlanadi. Bu soliqlar bo‘yicha ajratiladigan me’yorlar soliqlar 
va hududlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan bo‘ladi va har yili hukumat qarori asosida 
qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda bu me’yorlarning yildan-yilga oshib borishini 
kuzatishimiz mumkin. Buni mahalliy byudjet xarajatlarini shu hududdan tushadigan 
soliqlar hisobiga qoplash va yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga transfertlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1062


hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlashimiz mumkin. Chunki, soliq bazasining 
yuqoriligi me’yorlarni past belgilashga sabab bo‘ladi. Mahalliy byudjetlarning 
daromadlarini muctahkamlash borasida mahalliy hukumatning soliq undirish va soliq 
bazalarini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirishni oshirish, ya’ni 
ortiqcha undirilgan soliqlarning mahalliy byudjetlarga tushadigan qismini oshirishni 
yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi. 
ASOSIY QISM 
Mahalliy byudjetlarning daromadlarini mustahkamlash hozirgi byudjet 
islohatlarining asosiy yo‘nalishi hisoblanmoqda. Bu borada mulkni, erni va tabiiy 
resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o‘ynaydi. Keyingi samarali manba bo‘lib, jismoniy 
shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‘yish 
hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning 
iqtisodiyotga 
aralashuvini 
qisqartirish, 
iqtisodiyotda 
davlat 
boshqaruvini 
markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini 
respublikadan viloyat, tuman darajasiga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, 
buning natijasida ko‘pgina vakolatlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga 
navbatma-navbat o‘tkazilib borilmoqda. O‘tgan davrda bu sohada ko‘p ishlar amalga 
oshirildi, biroq sohada kelgusida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjud. 
Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning mahalliy hokimiyat organlarining 
vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada 
oshirishimiz lozim”
1
degan fikrlari so‘zimizni tasdiqlaydi.
Mustaqillik davrida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutining 
respublikamizga xos bo‘lgan noyob shakli bo‘lgan mahallalarga bir qancha moliyaviy 
vakolatlarning berilishi, jumladan bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki 
moddiy yordamlarning mahallalar tomonidan tayinlanishi ijtimoiy nafaqalar 
manzilliligini ta’minlash imkonini bermoqda. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining 
asosiy qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi mazkur soha rivojida muhim o‘rin 
egallamoqda, lekin shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan “hududlarni barqaror 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning 
mablag‘lari yetarli emasligi
2
” qattiq tanqid qilindi.
Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan byudjetdan amalga 
oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi byudjetdan amalga oshirilishini obyektiv 
zaruriyat qilib qo‘ymoqda, chunki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari 
vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu o‘z 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi “2019-yilda mamlakatimizni 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasidan 
2 Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2017 y. 576. 31-bet. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1063


navbatida mahalliy byudjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga 
chiqarmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, hududlarni 
kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga 
oshirilishi byudjet tizimi, jumladan mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshiradi. 
Mahalliy byudjetlar umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda
birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat 
ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning samarasi mahalliy 
byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlari 
asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, belgilangan normativlarga 
muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan tushadigan daromadlar hamda boshqa 
daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va 
dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining daromadlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari 
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan 
pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i mahalliy byudjetlar daromadlariga o‘tkazib 
beriladi. 
O‘z navbatida Respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, 
ularning o‘zaro bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz hududlarni iqtisodiy 
rivojlantirish ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham 
berishdan iborat. Zero, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish borasida qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”da ham xarajatlarning 
ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida 
mutanosiblikni 
ta’minlash, 
mahalliy 
byudjetlarning 
daromad 
qismini 
mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish

Yüklə 241,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin