Magistrlik dissertatsiya ishining o‘rganilganlik darajasi: Burakovskiy V. I., Bockeria L. A., Lishchuk V. A., Joiner V. L. Oguslii V., Misawa T., Hayashi Y. olimlari raqamli tarmoq uchun integratsiyalashgan xizmatlardan foydalangan holda tibbiyot faoliyatini boshqarishda ishlar olib borilgan.
______________________
Nikitin M. Tibbiyotdagi mobil texnologiyalar xavfsizlik bilan boshlanadi // CNews. 2012 URL: http://www.cnews.ru/reviews/free/publichealth2012/articles/articles8.shtml (kirish: 14.04.2013)
Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi: sog'liqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida yangi axborot texnologiyalarini va profilaktika va tibbiy yordam sifatini oshiradigan yangi tibbiyot markazlarida faoliyatini boshqarishni avtomatlashtiruvchi mobil ilova yaratish.
Magistrlik dissertatsiya ishining vazifalari:
Tibbiyot markazlarida axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish;
Respublikamizda Tibbiyot markazlari faoliyatini raqamlashtirishni yo’lga qo’yish;
Tibbiyot sohasini avtomatlashtiruvchi mobil ilovaning rivojlanish tendensiyalari taqqoslash;
zamonaviy WEB texnologiyalar bilan avtomatlashtirishni tashkil etish;
tizimidagi islohotlarning yangi ustuvor yoʻnalishlarini bayon etish;
avtomatlashtirishda yuzaga kelgan kamchiliklarga fikr bildirish.
Ishning ilmiy yangiligi: Mavzuning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
birinchidan, tanlangan mavzu magistrlik dissertatsiyasi darajasida tizimli yondoshuv asosida tadqiq etildi;
ikkinchidan, tibbiyot sohasi faoliyatini zamonaviy WEB texnologiyalar bilan avtomatlashtirishni bo’yicha takliflar berildi;
uchinchidan, tadqiqot ishi doirasida tajriba-sinov ishlari olib borilib, uning natijalari asosida tavsiyalar tayyorlandi.