Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha qabul qiluvchi kafedraning yetuk mutaxassislari va olimlari bilan maslahatlar o’tkazish



Yüklə 151,49 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü151,49 Kb.
#102360
6.docx kunlik hisobotlar


Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha qabul qiluvchi kafedraning yetuk mutaxassislari va olimlari bilan maslahatlar o’tkazish.
6-haftaning 1-kun hisoboti.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzuyim asosida yoritilayotgan ma’lumotlarni ilmiy rahbarim bilan birgalikda tahlil qilib chiqdik. Yoritib borilayotgan dissertatsiyam mavzusi va to’plangan materiallari yuzasidan kafedra o’qituvchilari ham o’z fikrini bildirib takliflarini aytib o’tishdi. Ilmiy rahbarim bilan maslahatlashgan holda dissertatsiyamda mavjud xatolarni to’g’irlab yangi ma’lumotlarni kiritdim.
Magistrlik dissertatsiyasi “Ijtimoiylashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda jamiyatdagi qadriyatlar asosida xulq-atvorlarni shakllantirish yo‘llari” mavzusiga mos ravishda yangilik kiritdim. Kafedra mudiri Dots.M.M, Berdiyeva ustoz va maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasining yetakchi pedagoglari va shu sohaning yetuk kadrlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida ilmiy tadqiqot ishi mavzulari va ularning yozilish tartibi bo’yicha dissertatsiya ishining maqsadi,vazifalari haqida so’z yuritildi.Magistrlik dissertatsiya ishlarining kamchilliklarsiz,imlo xatolarisiz yozilishi haqida aytib o’tildi.
Dissertatsiya ishini qanday qilib diagnostika qilish yo’llari va usullari,korreksiyalashning maqsadi haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

Tashkil etilgan davra suhbatida magistrlarni qiziqirgan barcha savollarga olimlar va yetuk o’qituvchilat tomonidan javob olindi.




Tadqiqotning ilmiy yangiligini tajribada asoslash.
6-Hafta 2-kun hisoboti.
Magistrlik dissertatsiyasi “Ijtimoiylashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda jamiyatdagi qadriyatlar asosida xulq-atvorlarni shakllantirish yo‘llari” mavzusiga mos ravishda yangilik kiritdim. Hozirig kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiylashtirish jarayonida jamiyatdagi qadriyatlar xulq - atvorlarni shakllantirish, vositalari va metodlarini tizimlashtirish saralash va tanlash.
Ijtimoiylashtirish jarayonida jamiyatdagi qadriyatlar xulq - atvorlarni shakllantirishda jamiyatdagi shaxslar va maktabgacha ta’lim jarayonining samaradorlik darajasini aniqlash, taqdiqot natijalar asosida ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan kerakli tushunchalarga ega bo`ldim. Dissertatsiyamning har bir bobi va mavzusiga mos ravishda fikrlar qo’shib bordim.
Ilmiy tadqiqot ishi yozilib,nihoyasiga yetgach ushbu tadqiqot ishining ilmiylik darajasi aniqlanib,tekshirilib ko’riladi.Tadqiqotning ilmiylik darajasini oshirishda aniq isbotlangan dalillar,faktlardan ko’proq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning ilmiylik darajasini yanada oshirishda ushbu tadqiqot ishidan tayyorlangan maqolalar,tezislar va ularni chop ettirgan jurnallar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning ilmiylik darajasini oshirishda yana nimalarga e’tibor berish kkerakligi va uni qanday isbotlash yo’llari to’g’irida kafedra mudiri Dots.M.M. Berdiyeva ustobatafsil ma’lumot berdilar.

6-Hafta 3-kun


Hisoboti
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini asoslash.
Har bir tadqiqot ishida ilmiy ahamiyat nechog’lik muhim bo’lsa,uning amaliy qismi ham muhim ahamiyat kasb etadi.Tadqiqot ishining amaliy qismi bu tajribalar,sinovlar orqali sinalib so’ng amaliyotga tadbiq etiladi.
Tadqiqotchi avvalo mavzusiga mos bo’lgan obyekt ya’ni bizning sohamizni oladigan bo’lsak maktabgacha ta’lim tarbiyalanuchilarini ularning Yoshi va soniga alohida e’tibor berib tanlab oladi.Tanlangan ya’ni sinaluvchi guruhlar 2 ga bo’linadi va ularga bir xil metod,topshiriq,yoki vazifa beriladi.Belgilangan vaqt oralig’ida sinaluvchilar tadqiqotchi tomonidan qattiq nazoratga olinadi.Ko’rsatkichlar belgilanib maxsus kitobchaga qayd etilib boriladi.Tadqiqot so’ngida barcha ko’rsatkichlar foiz hisoblarida hisoblanib natija chiqariladi.Ko’rsatilgam natijaga qarab uning amaliy ahamiyati baholanadi.Shu tariqa yangi metod,texnologiya yuzaga keladi deydi stajirovka rahbari M.Jumayeva.

6-hafta 5-kun.


Hisoboti.
Tadqiqot ishining joriylanishini asoslash.
Tadqiqot ishining joriylanishi bu 2-bosqich magistratura talabalarining joriy yani o’tgan yilgi ishlari bo’yicha qilingan ishlarini asoslash demakdir.
Joriy yil davomida biz magistrlik dissertatsiya ishining asosnomasi,tadqiqot ishining dolzarbligi,tadqiqotning maqsadi,vazifalari,uning obyekti,tadqiqot ishida eng muhimi bo’lgan mavzuimiz bo’yicha to’plangan materiallar,foydalaniladigan adabiyotlar va tadqiqot ishimning boblari va rejalari ustida ilmiy rahbarim Abdullayeva Nafisa op ava ilmiy maslahatchim Jumayeva Malika opalar bilan hamkorlikda ishladik.
Magistrlik dissertatsiya ishim bo’yicha bir qator maqolalarim bilan konfrensiyalarda,ilmiy seminarlarda va xalqaro jurnallarda qatnashdim.

6-hafta 6-kun.


Hisoboti
Izlanish natijasida ishlab chiqilgan xulosa va takliflarning e’tiborga molikligi.
Magistrlik dissertatsiya ishi bilamizki ko’plab izlanishlar va kuzayishlar natijasida yuzaga keladi.Tadqiqot ishining yakuniy qismida xulosa va takliflar bo’ladi.Tadqiqot ishini o’rganib chiqqan yetuk mutaxassislar tadqiqot ishiga o’z xulosalarini va takliflarini beradi.
Albatta,tadqiqot ishida yutuqlar va kamchilliklar ham kuzatiladi.Mutaxassislar tadqiqot ishini o’rganib o’zini qiziqtirayotgan savollarga javob oladilar.Kiritilgan yangiliklar tahlil qilini keng ommaga targ’ib qilinadi.
Shuning uchun ham keltirilgan har bir xulosa va taklif muhim ahamiyat kasb etadi deydi ilmiy maslahatchi Jumayeva Malika.


Yüklə 151,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin