Magistratura mutaxassisliklari


Axborotlar bilan ishlash jarayonlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə6/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborotlar bilan ishlash jarayonlari


Axborot tizimlari axborot bilan ishlash jarayonlarini turli-tumanlik asosida ajratishni talab qiluvchi jarayonlarni amalga oshirishga asoslangan. Ularga axborotlarni olish, qayta ishlash, jo’natish, saqlash, taqdim etish va foydalanishlarni kiritish mumkin.

Axborotlarni olish


Har qanday predmet sohasida obyektlar uchun bajariladigan jarayonlar va funksiyalar, obyektlarning xossalari ma’lumotlar manbai bo’lib xizmat qiladi. Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal va axborot ko’rinishida taqdim etish mumkin.
Shunga ko’ra axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan o’tkazish deb qarash mumkin. Bunda to’g’ri taqdim etish (sintaktik qiymatlilik), ma’noviy qiymatliligi (semantik), iste’molchi qiymatliligi (paragmatik)ni baholash amalga oshiriladi.
Axborotni olishda ma’lumotlarni tahlil qilishning turli usul va shakllari muhim o’rin egallaydi:
qandaydir voqeaga bog’langan holatlarni qidirish; vaqt bo’yicha voqealar ketma-ketligini topish;
rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta’sirini) baholash;
chegaralarini (kriteriy) qidirish yo’li bilan obyektni (voqea, vaziyat, jarayon) u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo’lgan toifalash;
obyektlarni qandaydir belgilariga asosan guruhlash; voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash).
Ko’pgina predmet sohalari uchun axborot manbalarining turli-
tumanligi xarakterlidir. Hozirgi kunda bu muammoni yechishning yo’llaridan biri keng tarqalgan obyektga yo’naltirilgan yondashuv hisoblanadi. Obyektga yo’naltirilgan yondashuv asosida ajratish quyidagi asosiy tushunchalardan iborat: obyekt, sinf va namuna.
Obyekt – bu real hayotning bir xil tavsif va qonunlarga ega bo’lgan
12
predmetlari to’plami. Obyekt bunday to’plamning noaniq elementini ifodalaydi. Obyektning asosiy tavsifi uning atributlari (xossalari) tarkibi hisoblanadi. Atributlar – ularning vositachiligi yordamida boshqa obyektlar xossalarini bayon etish qoidalarini berish mumkin bo’lgan maxsus obyektlardir.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin