Magistr: S. T. Jalilova Kafedra: Xorijiy til va adabiyoti Ilmiy rahbar



Yüklə 16,03 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü16,03 Kb.
#131945
ANNOTATSIYA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
" Semantic analysis of paremiological and phraseological units with health components" mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining

ANNOTATSIYASI

Fakultet: Xorijiy tillar Magistr: S.T. Jalilova
Kafedra: Xorijiy til va adabiyoti Ilmiy rahbar: Dot. N.N Panjiyeva
O’quv yili: 2021-2023 y Mutaxasislik: 70230101 -Lingvistika
(ingliz tili)

Tadqiqotning dolzarbligi: Hozirgi kunda paremiologiya va frazeologiyani tilshunoslikning bir tarmog‘i sifatida hali ilmiy bilimlarning o‘rnatilgan tarmog‘i sifatida qarash mavhumligicha qolmoqda. Har bir xalq hayotiy kechinma va voqelikni ta’sirchan va jozibali ifodalash uchun og‘zaki ijodiyotida paremiologik va frazeologik birliklardan foydalanadi. Paremiologik va frazeologik birliklarning struktur-semantik ifodasi tilda qo‘llanishi bilan qarindosh bo‘lmagan tillar tizimida bir-biridan farq qiladi. Ingliz va o‘zbek tillari tizimida salomatlik komponentlarini paremiologik va frazeologik birliklar tarkibida ifodalash, bu tilda so‘zlashuvchi xalqlarning adabiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi, diniy e’tiqodi, kundalik hayoti bilan bog‘liqligi ularning semantikasini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa o’z navbatida tadqiqot ishining dolzarbligini tashkil etadi.
Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek va ingliz tillarida salomatlik tushunchasi ifodalovchi paremiologik va frazeologik birliklarning semantik va linvomadaniy tomonlarini aniqlash, ularning ikki noqardosh bo’lgan tizimli tillardagi lingvistik va madaniy xususiyatlarini oydinlashtirishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari:
- parema, maqol, ibora kabi tushunchalarni chuqur o‘rganish orqali tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlash;
- ingliz va o‘zbek tillarida paremiologik va frazeologik birliklarning semantik sohasini aniqlash;
- ingliz va o‘zbek tillarida salomatlik bilan bog‘liq paremiologik va frazeologik birliklarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash;
Tadqiqot ob'ekti: Ingliz va o'zbek tillarida salomatlikni ifodalovchi maqollar va iboralar.
Tadqiqot predmeti: Ingliz va o‘zbek tillaridagi salomatlikka oid maqol va iboralarning semantik, lingvistik va linvomadaniy xususiyatlari aniqlash va tahlil qilish.
Tadqiqot usullari va metodlari: Tadqiqot mavzusini aniqlashtirish uchun leksik-semantik, chog’ishtirma, tasniflash, tavsifiy lingvistik va madaniy tahlil, shuningdek, statistik va analitik usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot tuzilmasining tavsifi: Taqdiqot ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib:
Birinchi bobda tilshunoslikda paremiologiya va frazeologiya sohalarining o’rganishning nazariy asoslari, tildagi maqollarning ishlatish jarayonlari, uning ro‘li va vazifalariga alohida e’tibor berilgan. Bundan tashqari paremiologik va fraziologik birliklarning ta’riflanishi va tavsiflanishida dunyo va o‘zbek olimlarining fikrlari inobatga olingan.
Ikkinchi bobda ingliz va o‘zbek tillarida sog’likka oid parameologik va frazeologik birliklarini semantik jihatdan taqqoslash tahlili ko‘rib chiqilgan.
Uchinchi bob tadqiqotning amaliy qismi bo‘lib boshqa boblarga nisbatan hajmi kattaroq va mazmuni kengroq hisoblanadi. Ushbu bobda ingliz va o‘zbek tillaridagi paremiologik va frazeologik birliklarning tarjima qilishdagi muammolar tahlili misollar va dalillar asosida ochib berilgan.
Ilmiy rahbar: Dot. Panjiyeva N.N
Magistr: Jalilova S.T
Yüklə 16,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin