M. X. Shomirzayev Yig‘ilish kotibasi


Tadqiqot natijalarining hozirgi holati



Yüklə 28,55 Kb.
səhifə2/3
tarix16.06.2023
ölçüsü28,55 Kb.
#131441
1   2   3
4 ILMIY SEMINAR BAYONNOMASI

Tadqiqot natijalarining hozirgi holati. Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro impakt-faktor jurnalga, 2 ta OAK ilmiy jurnaliga va 12 ta respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan va ilmiy jurnal hamda konferentsiya to‘plamlarida nashr etilgan.
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga O ‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan № DGU19151 raqamli guvohnoma 27.09.2022 yil berildi.
Xalqaro loyiha bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan № 01-20-09/345 raqamli ma’lumotnoma 14 mart 2023 yil berildi.
Dissertatsiya hajmi va tuzilishi. Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya berilgan talabdagi hajmida tayyorlanadi.
Dissertatsiyaning “O‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi” deb nomlangan II –bobda: O‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda hamda to‘garak mashg‘ulotlarida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, texnologiya fanini 9-sinf darsligida berilgan mavzularni dars jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda yanada tushunarli, qiziqarli o‘tkazish uchun dars ishlanmalari, texnologik xaritalar, ko‘rgazmali materiallar tayyorlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda.
Shuningdek, “O‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish” (umumta’lim maktablarining 9-sinfi misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilgan dissertatsiya natijalaridan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan 1. 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET: Yevropa kasbiy ta’limi uchun ECVET kredit tizimini Rossiya va O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida sinovdan o’tkazish (RUECVET: Пилотирование Европейской системы перевода зачетных единиц (кредитов) для профессионального образования и обучения (ECVET) в национальных системах образования России и Узбекистана)” (2016-2019 yy) mavzuidagi va 2. 574253-EPP-1-2016-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP raqamli amaliy loyihasida foydalangan. Loyiha nomi “MAGNET-Universitetlar O‘zbekistonda o‘rta yosh aholini o‘qitish va kasbiy tayyorlash markazlarining asosiy hamkori (MAGNET: Университеты как ключевые партнеры центров профессиональной подготовки населения среднего возраста в Узбекистане)” (2016-2019 yy) mavzuidagi loyihalarni innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan. Hususan, tayanch doktoranti X.A.Qulmamatovaning dissertatsiya ishi natijalari Yevropa va Rossiya universitetlari bilan hamkorlikda ushbu innovatsion loyihalarda kasbiy ta’lim muassasalarida ECVETni joriy etish va buning uchun uning metodikasi asosida milliy kasbiy ta’lim uchun uslubiy materiallar ishlab chiqish, o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini baholash va rivojlantirishda ECVET komponentlari, omillari va mezonlarini qo’llash, shu bilan o‘quvchilarga texnologiya fanini o‘qitishda 9-sinf o‘quvchilariga amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ish olib borildi. Ushbu xalqaro loyiha bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan №01-20-09/345 raqamli ma’lumotnoma 14 mart 2023 yil berildi.
Dissertatsiyaning “Pedagogik tajriba-sinovni tashkil qilish va uni o‘tkazish” –deb nomlangan III-bobda: Pedagogik tajriba-sinov tashkil etish uchun tanlangan hududlar va ularni o’tkazish rejalari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Olib borilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha aytib tushuntirdi va ilmiy izlanishlar davom etayotganligi aytildi.
Ushbu masala yuzasidan dots.Sh.Tursunov, falsafa fanlari doktori (PhD) A.Umirov, falsafa fanlari doktori (PhD) B.Qodirovlar xam Qulmamatova Xurshidaning “O’quvchilarga texnologiya fanini o’qitishda amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish » (umumta’lim maktablarining 9-sinfi misolida) mavzusi bo’yicha olib borayotgan ishlari bo’yicha fikrlarini va takliflar bildirishdilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Kafedra yig’ilishi

Yüklə 28,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin