M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar


III Mavzu: GETEROGEN SISTEMALARDA MUVOZANAT



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə12/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

III Mavzu: GETEROGEN SISTEMALARDA MUVOZANAT
Tayanch iboralar:
- cho’ktirish kimyoviy analiz usuli;
- eruvchanlik ko’paytmasi;
- eruvchanlik;
- euvchanlikka ta`sir qiluvchi omillar;
- cho’kmalarning hosil bo’lishi ;
- to’la cho’kishga ta`sir qiluvchi omillar ;
- tuz effekti.


3.1. Cho’ktirish – kimyoviy analiz usuli
Eritmalarda boradigan ko’pgina analitik reakciyalar cho’kma hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Moddaning cho’kma ko’rinishida ajralib chiqishi kimyoviy analizning asosiy usullaridan biridir. Odatda cho’kma ion almashinish reakciyasi natijasida hosil bo’ladi. Eritmadan qattiq faza, cho’kma ajralishi cho’ktirish deyiladi. Masalan; sulьfat ionini bariy sulьfat ko’rinishida cho’ktirish:
Ba(NO3)2 + Na2SO4 = ↓ BaSO4 + 2NaNO3
Ba2+ + 2NO3- + 2Na+ + SO42- = ↓BaSO4 + 2Na+ + 2NO3-
Ba2+ + SO42- = ↓ BaSO4
Moddaning hossasi va cho’ktirish sharoiti (harorat, koncentraciya, pH muhit va boshqalar) ga qarab cho’kmalar har hil ko’rinishda buladi: pag’a-pag’a AI(OH)3, iviq (H2SiO3), donador (РbSO4), kristall (BaSO4), suzmasimon (AgCI) va boshqalar.
Kristall tuzilishli cho’kmalar ma`lum kristall shaklida bo’lib, hajmi kichik, tez cho’kadi, oson filьtrlanadi va yuviladi. Amorf cho’kmalar esa pag’a-pag’a (yoki iviq) hajmi katta, sekin cho’kadi, qiyin filьtrlanadi va yuviladi.

Cho’ktirish usulidan kimyoviy analizda quyidagi maqsadlarda:


1) Tekshiriladigan eritmadan to’g’ridan to’g’ri ayrim ionlarni ochishda, Masalan: Fe3+, Ba2+, Cl- ionlari aralashmasiga K4[Fe(CN)6] ta`sir ettirilganda, o’ziga hos berlin lazuri cho’kmasini hosil bo’lishi va hokazo;
4Fe3+ + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12K+
2) Kation va anionlarni ajratishda; halaqit beradigan ionlarni yo’qotishda;
3) Aralashmadan ayrim ionlarni ajratib koncentrlashda;
4) Aralashmadan ayrim komponentlar miqdorini aniqlashda (tortma analiz) foydalaniladi.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin