PICKLE FAYLDAN O'QISH
Pickle fayldan o'qish uchun open() funksiyasini 'rb' (read binary) argumenti
bilan chaqiramiz. O'zgaruvchilarni bitta faylga yozganimizda, har bir o'zgaruvchi
alohida qatordan yoziladi. Fayldan o'qishda ham har bir qatorni alohida o'qishimiz
kerak bo'ladi:
149
import pickle
talaba1={‘ism’: ‘Hasan’, ‘familiya’: ‘Husanov’, ‘tyil’:2003, ‘kurs’:2}
talaba2={‘ism’: ‘Alijon’, ‘familiya’: ‘Valiyev’, ‘tyil’:2004, ‘kurs’:1}
with open (‘info’, ‘rb’) as file:
piskle.dump(talaba1, file)
piskle.dump(talaba2, file)
print(talaba1)
print(talaba2)
{'ism': 'Hasan', 'familiya': 'Husanov', 'tyil': 2003, 'kurs': 2}
{'ism': 'Alijon', 'familiya': 'Valiyev', 'tyil': 2004, 'kurs': 1}
Adashib ketmaslik uchun, alohida o'zgaruvchilarni alohida fayllarga saqlash
tavsiya qilinadi.
Masala_2.'>Masala_1.'>Mustaqil yechish uchun topshiriqlar
Masala
1.
Magazinda talabi yuqori bo`lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun
xaridorlarning ro`yxati RR.txt faylida keltirilgan. Ro`yxat tartib raqam, F.I.SH.,
xaridorning uy manzili va mahsulotlarning olinishi kerak bo`lgan sana bilan
to`ldirilgan. Ushbu ro`yxatni alfavit tartibida RRR1.txt fayliga yozing.
Masala
2.
YOtoqxonadan joy olish uchun talabalar ro`yxati RT.txt faylida
tuzilgan. Ushbu ro`yxatga talabaning F.I.SH, guruhi, o`rtacha o`zlashtirish bali, oila
byudjeti taqsimoti kiritilgan. YOtoqxonadan joyni birinchi o`rinda kam ta`minlangan,
ya`ni ikkita eng kam ish haqi oluvchi oila a`zolariga, keyin qolganlarga o`zlashtirish
ballari kamayib borish tartibida joy ajratiladi. YOtoqxonada joy bilan taqsimlanish
ro`yxatini tartib bilan ekranga chiqaring.
Masala
3.
Avtovokzalning avtobuslar harakatlanish jadvali AT.txt faylida
saqlanadi. Har bir reys uchun avtobus davlat raqami, masofa (km), avtobus rusumi,
yo`nalishi, jo`nash va qaytish vaqti ko`rsatilgan. AATT.txt fayliga yo`nalishlarni
masofaga nisbatan orta (kamaya) borish tartibida joylashtiring.
|