M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə3/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
11-mavzu

Bir tomondan, shaxsga nisbatan alohida munosabat, uni atrof muhit bilan aloqalari xarakteri, ikkinchi tomondan, real muhitga ideal dunyoqarashni qarshi qo'yish o'ziga xos badiiy uslub bo'lishini belgilab berdi. Romantiklarning vazifasi turmushni aniq va ravshan tasvirlash emas, balki turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlashdir.

Shunday yo'llar orqali ular oʻz ideallarini aks ettiradilar. Romantizm adabiyoti oʻz qahramonini ham ilgari suradi. Romantik qahramon, asosan, yuksak va nozik his sohibi, boshqalar bo'ysunuvchi qonunlarga bo'ysunmaydigan mag'rur shaxsdir. Shuning uchun u doim boshqalardan ustun qoʻyiladi va ajralib turadi.

Bunday qahramon ko'pincha yolg'iz bo'ladi. Shu sababdan yolg'izlik mavzusiga juda ko'p janrlarda, asosan, she'riyatda keng o'rin berilgan. Romantiklarning shaxs ichki dunyosiga bo'lgan qiziqishi lirik va liro-epik janrlarning gullab yashnashiga sabab bo'ldi. Yangi tarixiy sharoitda Yevropada, ma'rifatparvarlar kutgan va ishongan «Aql-idrok» mamlakati ro'yobga chiqmadi.

Romantiklar muhitning ziddiyatli ekanligini aniqladilar. Ular adabiyotda tarixiylikni kashf etdilar. Ma'rifatparvarlar esa o'tmish to'g'risida antitarixiy mazmunda («yaxshi-yomon» deb) fikr yuritgan edilar. Klassitsizm tragediyalarining syujetini, asosan, tarixiy voqealar tashkil etsada, ularni tasvirlanayotgan davr xususiyatlari emas, burch va tuyg'u masalasining yechimi qiziqtirgan.

Romantiklar oʻtmishda nafaqat inson xarakterlarini, balki o'z zamonasi ta'sirida shakllangan xarakterlarni ham koʻra oldilar. Ma'rifatparvarlar yuksak ma'naviyat, aql-zakovat egalari bo'lgan koʻplab ijobiy obrazlarni yaratgan bo'lsalar, romantik qahramon ijobiy boʻlishi shart bo'lmay, u muallif idealini o'zida aks ettirishi lozim edi.

Romantiklar uchun badiiy reallik mavjud reallikdan haqqoniyroqdir. Real voqelikdagi tussizlikdan (bema'nilikdan) bezgan ijodkorlar, ko'pincha, o'tmishdan ma'ni izlashadi yoki voqea-hodisalar aksar uzoq, ekzotikaga boy yurtlarda kechadi.

Nemis romantizmi. Germaniyada qo'shni Fransiyada bo'layotgan voqealarni zo'r qiziqish bilan kuzatib bordilar. Germaniyaning ilg'or vakillari ularning (oʻzlarining) qoloq, o'nlab mustaqil knyazliklarga bo'lingan mamlakatida inqilobiy o'zgarishlar bo'lmasligiga koʻzlari yetdi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin