Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yurituvi vazifalari va tamoyillari.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish ko‘rilishi.
Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarorlarni qayta ko‘rish.
BOB
ADVOKATNING JINOIY ISH JARAYONIDA QATNASHISHI Advokat - jinoiy ish jarayoni ishtirokchisi sifatida. Advokat - sudgacha ish yurituv jarayonida. Advokatning birinchi instansiya sudida ishtiroki. Himoyachining apellyasiya va kassatsiya bosqichida ishtiroki. Himoyachining nazorat instansiyasi sudida qatnashishi. Himoyachining sud qarorlari ijrosi bosqichida qatnashishi. Advokatning muhim toifa jinoiy ishlarni yuritishda qatnashishi. Advokatning jabrlanuvi va jarayonning boshqa ishtirokchilari nomidan vakillik qilishi. § 1. Advokat - jinoiy ish jarayoni ishtirokchisi sifatida Advokat tomonidan amalga oshiriladigan ijnoiy ishlar bo‘yicha isbotlash bir tomonlama harakterga ega - u gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Bu holat u muayyan jinoiy ish bo‘yicha aniqlashi kerak bo‘lgan holatlarni belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Advokat faoliyatining asosiy maqsadi himoya ostidagi shaxsning huquqlariga rioya etilishidir. Himoyachi-advokat o‘z sa'y-harakatlarini jinoyatni sodir etishda himoyasi ostidagi shaxsning aybsiz ekanligiga oid, uning shaxsini tavsiflash, qilmishning jinoyat deb sanalishi va jazoga muhaqqaqligini bartaraf etish, jazoni yengillatishga oid, shuningdek jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishga olib keluvchi holatlarni isbotlashga qaratadi.