BAHOLASH MEZONI «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqib, semestr davomida jami 2 marta, fanga ajratilgan umumiy auditoriya mashg’ulotlari bo’yicha har 32 soatda bir martadan, yozma ish shaklida o’tkaziladi. O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baholar o’rtachasi