24
tizimining chuqurroq joylashgan bo‘limlarigacha kirib boradi hamda bronxiolalar va
atsinuslarni zararlaydi.
Xlor, ammiak, oltingugurt angidrid bilan o‘tkir zaharlanganda rinit, laringotraxeit,
bronxit kabi klinik belgilar kuzatiladi.
Dimetilsulfat, byerilliy ftor oksidi, kadmiy, vanadiy, marganes, fosgen, azot
oksidlari bronxit va toksik o‘pka shishini keltirib chiqaradi. Toksik o‘pka shishi – o‘tkir
zaharlanishning eng og‘ir va xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni qo‘zg‘atuvchi
gazlar va bug‘lar keltirib chiqaradi va zudlik bilan shifokor aralaShuvini talab qiladi.
Asosiy alomatlari – nafas qisishi, shilliq qavatlar sianozi (to‘qimalarning to‘q-ko‘k
rangga kirishi), ba’zan quruq yo‘tal, o‘pkaning pastki bo‘limlarida nam xirillash,
taxikardiya (tezlashish). Toksik bronxit va pnevmoniyalarda kasallik birdaniga
boshlanadi, klinik belgilar tez rivojlanadi, yuqori nafas yo‘llarining qo‘zg‘alishi kuchli
ifodalanadi, zaharlanishning umumiy ko‘rinishlari ham yaqqol ko‘zga tashlanadi
(nafas siqilishi), ba’zida balg‘am bilan qon ko‘chishi).
Qo‘zg‘atuvchi moddalarning uzoq davom etadigan ta’siri surunkali katarga (o‘tkir
respirator kasallik) olib keladi, burun to‘sig‘ida yara paydo bo‘lishi va teshilishi ham
mumkin.
Qo‘zg‘atuvchi moddalar va agressiv chang zarralarining o‘pka to‘qimasiga uzoq
ta’siri toksik yoki changli pnevmosklyerozga (sklyeroz – to‘qimalarning zichlashishi)
olib keladi, u emfizema bilan birga kechadi (ammiak, azot oksidlari, kremniyli, temirli,
alyuminiyli, bariyli va h.k.li chang). Emfizema – o‘pkada qon aylanishining pasayishi.
Qo‘zg‘atuvchi moddalar shilliq pardaning kiprikchali epiteliysini buzadi, bu esa
sekret to‘planishiga va keyinchalik unga infeksiya yopishib qolishiga olib keladi.
Cnangli pnevmosklyerozdan eng keng tarqalgani – silikoz bo‘lib, u ko‘pincha
nogironlikka ham olib keladi. Bu kasallik tarkibida yerkin kremniy ikki oksidi bo‘lgan
changni yuritish oqibatida kelib chiqadi. Silikatozlarning boshqa turlari asbestoz,
talkoz va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: