Leksikologiya



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə5/6
tarix04.05.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#107207
1   2   3   4   5   6
Leksikologiya1

4. Vazifadoshlik. Narsa va hodisalar o'rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma'no ko'chish deyiladi.
Vazifadoshlik asosida ma'no ko'chishiga misollar:
Qon tomiri-daraxt tomiri, qush qanoti samolyot qanoti, ko'ylak tugmasi- eshik tugması.
Vazifadoshlik asosida ma'no ko'chishi, asosan, ot turkumida ko'p Qanot, yurak, oyoq, ko'z, bosh so'zlarini vazifadoshlik asosida ham ko'chma ma' noda ishlatish mumkin.
----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

OMONIMLAR. Omonimlar yunoncha homos-bir xil, onoma-nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo alohida ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardir. Bunday so‘zlar leksik omonimlar deyiladi. Masalan: kuya - hasharot, kuya - qozonning kuyasi. Omonimlar bir va bir necha turkumga mansub bo‘lishi mumkin. Masalan: chang - gard va cholg‘u asbobi ma’nolari bilan ot turkumiga mansub; o‘t-olov, ko‘kat kabi ma’nolari bilan ot so‘z turkumiga mansub, o‘t - fe’lining buyruq- istak mayli ekanligi kabilar shular jumlasidandir.


Omonimlarni vujudgaga keltiruvchi hodisalar turlicha bo‘lib, ularning asosiylari qo‘yidagilardir:
1.O‘z qatlamga mansub bo‘lgan ba’zi so‘zlar tarixan fonetik tuzilishi har xil bo‘lsa ham talaffuzda shakldoshlik kasb etishi asosida omonimlarga aylanadi: ot (ism) - ot (hayvon) - ot (harakat); o‘t (o‘t-o‘lan) - o‘t (olov) -o‘t (harakat) kabi omonim so‘zlardagi o va o‘ unlilari tarixan o‘zining til oldi va til orqa shakllariga (allafonlariga) ega bo‘lgan. Biroq, hozirgi adabiy tilda ular farqlanmaydi.
2. Ko‘p ma’noli so‘zlar o‘rtasidagi ma’no bog‘lanishning uzilishi, zaiflashishi asosida ham omonimlar shakllanadi. Masalan, ko‘k so‘zi, dastlab, ko‘k rang (sifat) tushunchasiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bu so‘z metafora (o‘xshashlik) asosida osmon tushunchasiga nisbatan ham ishlatila boshlagan. Hozir ular o‘rtasidagi bunday ma’no bog‘lanish yo‘qolib, omonim so‘z hosil bo‘lgan. Xuddi shunday holatni dam so‘zining nafas, hordiq, harorat, bosqon ma’nolarida ishlatilishi misolida ham kuzatish mumkin.
3.Umumturkiy yoki asl o‘zbekcha so‘zlar o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirish asosida ham shakldoshlikka ega bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, bog‘ (mevazor) va bog‘ (bog‘langan narsa, beda bog‘i); tok (uzum novdasi) va tok (elektor toki), tom (uy tomi) va tom (kitob jildi) so‘zlari o‘zbekcha-tojikcha hamda o‘zbekcha-rus va yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning o‘xshash fonetik qiyofasi asosida yuzaga kelgan omonim so‘zlardir.
4.Ma’lum bir so‘zning o‘zak-negizidan qo‘shimchalar orqali yangi so‘zlar yasalishi natijasida shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan: oylik olmoq, oylik reja birikmalaridagi oylik so‘ziga qo‘shilgan –lik qo‘shimchasi asosida shakldosh so‘z hosil bo‘lgan.
Ba’zan shakldoshlik nisbiy bo‘lib, so‘zlarning ma’nolari har xil bo‘lgani holda aytilishi bir xil, ammo yozilishida bir oz farq bo‘lishi yoki ba’zan ma’noli qismlarigina shakldosh bo‘lsa ham, grammatik ma’nosi o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra shakldosh so‘zlarning uch xil turi farqlanadi: 1) omoshakllar(omoformalar), 2) omofonlar,3) omograflar.
OMOFORMALAR ma’nolari har xil bo‘lib, ba’zi grammatik shakllariga ko‘ra bir xillikka ega bo‘ladigan shakldosh so‘zdir. Omoformalar ayni bir so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa so‘z turkumlariga ham mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, oqar (oq tusga kir) - buyruq fe’li, II shaxs birlik; oqar ("oqadigan") fe’lning kelasi zamon sifatdosh shakli; yoz - ot, bosh kelishik shaklida, yoz - II shaxs birlikdagi buyruq fe’li va boshqalar.
Bu so‘zlarga boshqa grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda bir- birlaridan tamomila ajralib, omonimlik yo‘qoladi. Masalan: oqaray, oqarsin - oqaradi, oqarsan; yozning, yozni, yozga, yozda, yozdan - yozay, yozgin, yozsin kabi holatlarda omonimlik mavjud emas.
OMOFONLAR fonetik tarkibi ma’lum tovush bilan farqlanadigan, lekin talaffuzda shakldosh bo‘lib qoladigan so‘zlardir. Omofonlardagi o‘zaro farq ular tarkibidagi bitta fonemada bo‘ladi va ular, asosan, jarangli va jarangsiz juftliklar va hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra yaqin bo‘lgan tovushlarning talaffuzda bir xillik kasb etishida ko‘zga tashlanadi. Masalan, sud - sut, tanbur - tambur, tub-tup , yetdi - yetti kabi so‘zlar talaffuzi omofonlarni yuzaga keltiradi.
OMOGRAFLAR yozilishi bir xil bo‘lgan shakldosh so‘zlardir. Omograflar ma’nosi va fonetik tarkibi, talaffuzi jihatidan boshqa - boshqa, faqat yozilish shakli jihatdan bir xil bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, tol - daraxt, qurilish jihozi, tok - elektr quvvati, uzum novdasi, to‘r - xonaning yuqori qismi, parda kabi ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlardagi o, o‘ tovushlari talaffuzda qattiq va yumshoqligi bilan farqlanadi, biroq yozilishiga ko‘ra shakldoshlikka ega bo‘ladi. Xullas, talaffuzi va yozilishi bir xil bo‘lgan bunday shakldosh so‘zlarni o‘zak va grammatik qo‘shimchalarining bir xilligi, bir turkumga mansubligi e’tibori bilan omograflar qatoriga qo‘shish mumkin. Tildagi bu kabi shakldoshliklar so‘z o‘yini sifatida tuyuq, askiya san’atlarida asosiy o‘rin tutadi.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin