Muhokama uchun uchun savollar
1.
J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab
bering.
2.
Sey fikricha inqirozlar bo‘lishi mumkinmi?
3.
T.Maltus «aholi nufusi nazariyasi»dagi asosiy goya nima?
4.
«Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni» oqibatlari
qanday bo‘lishi mumkin?
5.
Nima uchun «Uchinchi shaxslar nazariyasi» vujudga keldi?
6.
Seniorning «giyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalari
mohiyatini ochib bering?
7.
P.Bastia va Kerining ik^isodiy uyg‘unlik goyalarqda kanlay umumiyliklar
bor?
8.
Ekonometirik usullar nima?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998.
2.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997.
3.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya,
2002. 226-229, 274-292b.
4.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T.,
O‘zbekiston, 2003. 101-130b.
MAVZU-7: IQTISODIY TA’LIMOTLARDA
SOTSIALISTIK YO‘NALISH.
A.Sen-Simon, Sh.Fure, R.Ouenlarning sotsialistik o‘zgartirish rejalari.
Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.
K.Marksning «Kapital» asari.
Markscha iqtisodiy g‘oyalarning tarixiy taqdiri.
G‘arbiy Yevropa xayoliy sotsialistlarining iqtisodiy ta’limoti.
Sotsialistik jamiyat qurish g‘oyasi XVI asrda T.Mor va T. Kompanella
tomonidan kapitalning dastlabki jamg‘arilishi davrida vujudga keldi. Ular xususiy
mulkni inkor etishgan, 4-6 soatli ish kuni joriy etishni taklif qilgan. Sanoat
to‘ntarilishi davrida fransuz olimlari Sen-Simon va Fure hamda ingliz R.Ouenlar bu
masalaga qaytdilar.
Anri Klod de Rebrua Sen Simon (1760-1825)Fransiya hayoliy sotsializmining
namoyondasi bo‘lib, 1789-1794 yillardagi fransuz revolyutsiyasi bilan zamondosh
edi. U aristokratlar oilasidan kelib chiqib quyidagi mashhur asarlarning muallifidir: «
49
Sanoat sistemasi haqida « , «Inson haqidagi fan ocherklari» , «Sanoat yoki siyosiy,
ma’naviy va falsafiy mulohazalar», «Yangi xristianlik» va boshqalar.
Sen-Simonning bo‘lajak adolatli jamiyati «industrial sistema» deb nomlanib, u
industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi asosida rivojlanadi, sanoat – alohida
reja asosida, boshqaruv esa – yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb
hisoblagan edi.
Sen-Simon
yangi
ijtimoiy
tashkilotni
vujudga
keltirishda,sanoatda
hokimyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka va reja asosidagi markaziy boshqaruvni taklif
qiladi.
Shu bilan birga Sen-Simonning yangi industrial sistemasida xususiy mulkchilik,
kapital jamg‘arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi..
Sen-Simon asarlarining asosida kapitalizmni tanqid qilish yotadi. U ishlab
chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasi qashshoqlashuvi va
ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi.
Fransuz hayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyondosi Fransua Mari Sharl
Furedir (1772-1837). Sh.Fure o‘zining «To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar
nazariyasi», «Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida», «Yangi sanoat
dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik
jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab
chiqdi.Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas
illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‘rnatish kerakki, bu tuzum
inson kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishga, ehtiyojlarini qondirishga
imkoniyat bersin. Birgalashib ovqatlanish, bolalarni tarbiyalashda jamiyatning roli
beqiyos deb hisoblaydi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishn Robert Ouen
(1771-1858) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liqdir. U Shimoliy Uelsda
hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o‘zi mustaqil shug‘ullangan,
yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800
yildan boshlab, yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo‘lgan. U o‘sha yillarda
insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan, va islohotchilik g‘oyalari shakllangan. Ammo
keyinroq (1820 yildan boshlab) hayoliy sotsializmga xos bo‘lgan fikrlar va
tashviqotga asosiy e’tiborni qaratdi. R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki
harakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi ahloqiy dunyo kitobi», «Adolatni
almashuv bozori», «Ulug‘ milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sotsialistik loyihalari
bayon etilgan.
R.Ouen iqtisodiy qarashlarining harakterli xususiyati shundan iboratki, u fransuz
hayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning
qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. qiymatning asosiy manbai deb mehnatni
hisobladi. Xususiy mulkka qarshi chiqadi.
R.Ouen qiymatning so‘nggi o‘lchovi bo‘lmish puldan voz kechib, mehnat
harajatlarining ekvivalenti sifatida – «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, «ishlab chiqarish uyushmalarini»
tashkil etishga harakat qildi.
50
R.Ouen birinchilar sifatida T.Maltusning «aholi nufusi» qonuniga qarshi chiqdi.
U mehnatkashlarning og‘ir ahvolga tushib qolishlariga aholi soni ortib borishi emas,
balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishini sabab deb hisoblaydi.
R.Ouen hayoliy sotsializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama-qarshi
harakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik mehnatda yaratiladi
deb ko‘rsatish bilan birga, ayni vaqtda ishchilarga e’tiborsiz passiv rol belgilaydi,
kapitalistlarni esa asosiy kamchiligi qoniqarsiz tarbiyada deb, ularni oqlashga harakat
qildi.
Dostları ilə paylaş: |