Kurs ishi mavzu: “Ish chizmalari va ularga qo’yilgan talablar” Bajardi: “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” mutaxassisligi bakalavr yo’nalishi 2-kurs 19. 25-guruh talabasi Abdullayeva Gulnoza



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə1/2
tarix22.06.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#134237
  1   2
Kurs ishi namuna


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Tasviriy sa’nati” kafedrasi
mudiri ________B.Qurbonova
«_____»__________ 2021 yil

“CHIZMACHILIK (Mashinasozlik)”


fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Ish chizmalari va ularga qo’yilgan talablar”
Bajardi:
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” mutaxassisligi
bakalavr yo’nalishi 2-kurs 19.25-guruh talabasi
Abdullayeva Gulnoza
Ilmiy rahbar: Z.Boboyeva

Farg’ona 2021



MUNDARIJA


I Kirish
II. Asosiy qism

  1. Ish chizmalari haqida umumiy maz’lumotlar

  2. Ish chizmalari va ularga qo¢yiladigan talablar.

  3. Ish chizmalariga zarur bo`lgan o¢lchamlar qo¢yish.

  4. O‘quv chizmalarininig spetsifikatsiyasi.

  5. Metall kesuvchi stanokda tayyorlangan detalning ish chizmasi.



Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarligi maktabdagi chizmachilik darslarida oshirilishi mo‘ljallangan. So‘nggi yillarda o‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarligining takomillashuvi Respublikamizda olg‘a surilgan mustaqil g‘oyalar asosida 1997 yilning 29 avgust kuni qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Chizma chizish va o‘qishni bilishga o‘rgatish chizmachilik darsining birinchi maqsadi bo‘ladi. Chizmachilik nafaqat politexnik masalalarni hal qilibgina qolmay, balki o‘quvchining har tomonlama bilimini kuchaytiradi. Chizmalarning tuzilishini va o‘qilishini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning grafikaviy tayyorgarlik darajasi orttiriladi.
Bular albatta, o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat talab qiladi. O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini ularning yangi ish formalariga jalb qilish orqali, ta’limning eng samarali metodik usullarini aniqlash va ularni amalda sinab ko‘rish orqali amalga oshirish mumkin.
Bugungi texnika asrida chizmachilikni o‘qitish metodlarini takomillashtirish masalasi muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Bu yo‘nalishdagi izlanishlarning zarurligi birinchidan o‘quvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning ortib borganligi bo‘lsa, ikkinchidan so‘nggi yillarda metodika erishgan yutuqlarni didaktik nuqtai nazardan to‘g‘ri baholay olishga bo‘lgan talabning ortib borishidir.
Chizmachilik fanining o‘quv dasturi fan va texnikaning rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda tuzilgan. O’qituvchi oldida o’quvchilarni notanish bo’lgan bilimlar sohasiga olib kirish vazifasi turadi. Bunda tasavvurdagi nurlar yordamida predmetni bir nechta tekislikka hayolan proyeksiyalash ko’nikmalarini egallash zarur bo’ladi. Shu bilan birgalikda o’quvchilar biror chizmani chizish yoki o’qish paytida bu jarayonni real holatda ko’rish imkoniga ega bolmaydilar. U faqat chizmachilik qog’ozi, chizma-topshiriq yoki buyum va detal bo’yicha masala yechimini topishi kerak. Bunga o’xshash vazifalarni bajarishda o’quvchilarga fazoviy tasavvur deb nomlanuvchi juda zarur va foydali qobiliyat yordamlashadi. Inson fikrlashining bu xususiyatini rivojlantirish chizmachilik kursini o’rganishning eng asosiy vazifasi va tadqiqot mavzusining dolzarbligi masalasidir.
Bugungi kunda Respublikamizda ilm- fanning jadal taraqqiy qilishi va bilimlarning tez yangilanishi, yangi texnologiyalarning kirib kelishi, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalar tizimining barcha soxa, jumladan ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi komyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va uni amalda joriy etish davr talabiga aylandi.
Ushbu ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar jamiyatning munosib davomchilarini tayyorlash ishiga, ya’ni yosh avlodlarning shakillanish jarayoni amalga oshiriladigan ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni talab etmoqda.
Mustaqil Respublikamiz oliy va o’rta maxsus ta’limi oldida turgan dolzarb masalalardan biri talabalarni chizmachilik fanidan chuqur bilim egallashlarini taminlashdan iboratdir. Chunki chizmachilik fani bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarni tayyorlashdagi asosiy fanlardan biridir. Mazkur fanni o’qitishda model va plakatlar-ko’rgazmalardan foydalanish esa alohida ahamiyat kasb etadi. Fan va texnikaning keskin rivojlanishi kishilarda grafik savodxonlikni egallash, ya’ni chizmalarni bajarish va taxt qilish qonunlarini, ularni o‘qiy bilishni talab qiladi. Texnikaviy axborotni o‘z ichiga olgan asosiy xujjat bu chizmadir va birorta ham ishlab chiqarish sohasi uningsiz mavjud bo‘la olmaydi.
Maktabdan so‘ng ishlab chiqarishga kirib kelgan yosh kadrlar grafikaviy xujjatlar bilan ishlay ola bilishlari kerak. Ya’ni chizmalarni o‘qiy va bajara olishlari kerak. Boshqacha aytganda, ma’lum darajada grafikaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari zarur.
Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini o‘qitish, shu fandan chuqur bilim berish yosh avlodni yanada taraqqiy etgan texnika asriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda va kelajakda hayotni, umuman, xalq xo‘jaligining hech bir sohasini texnikasiz tasavvur etish mumkin emas.
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda umumta’lim maktablaridagi chizmachilik fani mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha chizmachilik fani bo‘yicha umumta’lim maktablari uchun ko‘plab darsliklar nashr qilinib, maktablarda sinab ko‘rildi. Bularga A.Umronxo‘jaevning “Texnikaviy grafika asoslari” (1993 y.), P.Odilovning “Chizmachilik” va 2010 yilda nashr qilinib, hozirgi kunda umumta’lim maktablari dars jarayonida qo‘llanilib kelinayotgan 8- va 9-sinflar uchun I.Rahmonovning “Chizmachilik” darsliklarini ko‘rsatish mumkin.
Kurs ishining dolzarbligi shundaki, malakaviy amaliyot paytida o‘quvchilarning chizmachilikdan bilimlari ancha past ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarda chizma bajarish malakalari juda past, fazoviy tasavvurlari deyarli shakllanmagan. Shularni e’tiborga olib kurs ish mavzusini “Ish chizmalari va ularga qo’yiladigan talablar” deb tanladik.

Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin