23
tug’uruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo`llanishi, vakuum-ekstraktorning
qo`llanishi, tug’uruq faoliyatining muvofiq ta’minlovchi dorilar qo`llash, homilani
qo`l bilan yoki kessar operasiyani qo`llab ajratib olish.
Bu suhbatda bolaning tug’ilgan paytidagi holati aniqlanishi zarur: darrov
yig’laganmi yoki yo`qmi, ko`k, oq asfiksiya, og’irligi (1500 kg dan ko`p yoki kam),
bo`yi, turli shikastlar, sinishlar, qon quyilishi, tug’uruq shishi, boshqa
jaroxatlanishlar bo`lganmi?;
v) tug’uruqdan keyingi davr.
Bolaning tug’ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi
ma’lumotlarni logoped ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi:
- bolani onaga tug’ilgandan keyin necha soat o`tgach olib kelingan, bola
ko`krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);
- bola uyg’oq vaqtida o`zini qanday tutar edi: tinch yoki notinch, baqirok,
yig’loq va boshqalar;
- hayotining birinchi yilida - 3 yoshgacha; pnevmoniya: ko`k yo`tal,
dispepsiya, dizentriya kasalliklari bilan og’riganmi?
Shuningdek, bolada qandaydir tug’ma kasalliklar bor yoki yo`qligi
aniqlanadi - yurak porogi, maymoqlik va bosh jaroxatlanishi bo`lganmi?
A.R.Luriya ichki nutqni tekshirishda uning tashqi tomon bilan o`zaro
bog’liqligini e’tiborga olish kerakligini ta’kidlaydi. A.R.Luriya shu bilan
tushuntiriladiki, nutqni eshitishning buzilishi nutq artikulyasiyalari va tashqi
nutqning ikkilamchi buzilishiga olib keladi. Artikulyator jarayonlar va ichki
nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok qilish va nutq mazmunini tushunish kabi
jarayonlarga ta’sir qiladi. Bundan ilgari ichki nutqning murakkabligi haqida
L.S.Vigotskiy ham yozgan edi. Uning fikricha, nutqni tushunish - tovush signali
bo`yicha reaksiyani bajarishdan ko`ra ko`prok va boshqacharoq narsadir.
Dostları ilə paylaş: