Kuchaytirgich turlari va ishlash rejimi



Yüklə 10,51 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü10,51 Kb.
#185100
kuchaytirgichlar turlari


Kuchaytirgich turlari va ishlash rejimi.

O’zaro aloqa qilish vositalarida elektromagnit to’lqinlar turi keng ishlatiladi. Ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun elektr tebranishlarni kuchaytirish, tarqatish, qabul qilish juda muhimdir. Yaqin o’tmishda bu ishni vakuumli elektron lampalar bajarar edi, hozir elektr tebranishlarni kuchaytirish uchun tranzistorlar keng ishlatiladi. Ishlatish sohasiga qarab kuchaytirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi:



  • O’zgarmas tok kuchaytirgichi;

  • Past chastotali kuchaytirgichlar;

  • Keng qamrovli kuchaytirgichlar;

Har bir tur kuchaytirgich ma’lum bir kattalikni parametrlarini kuchaytirib berishga mo’ljallangan. Kuchaytirgichlarni har birini alohida tahlil qilamiz.
O’zgarmas tok kuchaytirgichi;(O’TK). Bu kuchaytirgichlar sekin o’zgaruvchan chastotasi ƒ=0 Gs 18 Gs signallarni kuchaytirib berishga mo’ljallangan. Tibbiyot soxasida ishlatiladigan elektr asboblar va uzatgichlar yordamida kichik signallarni kuchaytirishga, hamda amaliy ishlarda fotouzatgich, termouzatgich va shu kabilarni kuchsiz, sezilarsiz signaloarni kuchaytiradi. Bu kuchaytirgichlarni yuklamasi elektromagnit rele, cho’lg’amli lampa va elektr o’lchov asboblari kiradi.
Past chastotali kuchaytirgichlar;(PChK). Bu kuchaytirgichlar asosan tovush chastotasi ƒ=16Gs 20kGs bo’lgan tovush signallarni kuchaytiradi. Bu kuchaytirgich radiotexnikada, tovushni kuchaytirish sohalarida keng ishlatiladi. Tovush chastotasini qabul qiluvchi manbalar, mikrofon, magnit kallak (galovka) hamda radio va televideniya qurilmalarini signal kirish joylari (antenna ulanadigan joy). Kuchaytirgichning yuklamasi, radiokarnay, telefon, magnitofon tovushni yozib olish qurilmasi, ossillograf va boshqa elektron qurilmalar.
Keng qamrovli kuchaytirgichlar (KQK). Bunday rusumdagi kuchaytirgichlar keng spektrli chastotalarni kuchaytirish uchun mo’ljallangan. Masalan ossillograflar yordamida tadqiq etiladigan keng qamrovli signallar, yoki o’ta yuqori chastotali (SChV diapazon)li signallarni talab etilgan darajada kuchaytirib beradi. Desimetrli to’lqinlarda (DMV)da ishlaydigan barchatelevideniya qurilmalariga foydalaniladi. Barcha turdagi kuchaytirgichlarni asosiy tavsifi kuchlanishni, tok kuchini, va quvvatni kuchaytirish koeffitsienti hisoblanadi. Kuchaytirgichning asosiy elektron qurilmasi bu –tranzistordir. Oddiy o’zgarmas tok (fototok)ni tranzistor yordamida kuchaytirishni ko’rib chiqamiz. (12.22-rasm).



12.22-rasm. Fototokni kuchaytirish sxemasi
Agar fotorezistor FSK-1 tranzistor bazasiga ulangan. yorug’lik energiyasi fotorezistor sirtiga tushganda, rezistor ochiladi va bazaga Ib tok keladi. Tranzistor ishga tushadi. Yorug’lik energiyasining o’zgarishi, tranzistor baza tokini o’zgarishiga, o’z navbatida kollektor toki Ik ham kuchayadi. Tranzistorni kuchaytirish tartibi ana shunday jarayonda sodir bo’ladi. Tranzistorning statik koeffitsienti-V bazadagi tok bilan o’zaro bog’liqligi quyidagi ifodada ko’rsatilgan.
yoki
Turli xil tranzistorlar qo’llanilishni hisobga olsak ularni statik koeffitsienti V=10dan 100gacha o’zgaradi. Bu koeffitsient o’zgaruvchan bo’lib tranzistor bazasini tokini o’zgarishiga qarab o’zgaradi. Tranzistorning kollektor tokini oshirish zarur bo’lib, boshqa bir tranzistorli kuchaytirgichdan foydalansa bo’ladi.

12.23-rasm. Fototokli kuchaytirgichni yana bir ko’rinishi


Ikki kaskadli kuchaytirgich (2-rasm) ishlash rejimi quyidagicha. VT1- tranzistorga tushgan yorug’lik energiyasi hisobidan baza toki oshadi, shuni hisobidan ikkinchi VT2- tranzistor zanjiridagi tok ham oshadi. Kollektor va emitter zanjiridagi yuklamalar tranzistorli kuchaytirgichni rejimini ham o’zgartirib yuboradi.
Yüklə 10,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin