Korxonalar raqobati. Raqobatchilar kuchli va zaif


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.09.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#146790
1   2   3
77-81

INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June 3, 2022 Boston, USA 
78 
o’rtasidagi ko’proq foyda olish, yuqoriroq naflikka erishish uchun kurashni 
anglatadi. 
Bozorda raqobat nafaqat ishlab chiqaruvchi korxona va firmalar o’rtasida 
balki, iste’molchilar o’rtasida ham bo’lishi kuzatiladi. Ular tovarlarni qulay va arzon 
baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga 
koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib 
olish uchun kurashadi.
Raqobatchilar haqida ma'lumot juda muhim, chunki bu ularning bozordagi 
hozirgi mavqeidan mamnunligini, ularda belgilangan kuchlarni, ularning 
investitsiya siyosati, asosiy loyihalar almashinuvini o'zgartirishga imkon beradi. 
Raqobatbardoshlarning kuchli va zaif tomonlari, ular raqobatda foydalanadigan 
vositalar (narxlar, reklama, etkazib beruvchilar va boshqalar), samarali 
kontramumlar va orzu qilingan o'zgarishlarni ishlab chiqish uchun zaruriy shartdir. 
Bozorda raqobatchilarni tahlil qilish ham eng zaruriy ishlardan biri 
hisoblanadi. Ularni o’rganish uchun esa quyidagi yo’llar yordam berishi mimkin 
bo’ladi: 


INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June 3, 2022 Boston, USA 
79 
1.
Raqobatchilarning maqsadlari (bozorda ulushining ko'payishi, rahbarlar 
guruhida harakatlanish va boshqalar) 
2.
Raqobatchilarning hozirgi kunagi holati (strategik guruhdagi lavozim) 
3.
Raqobatchilar uchun mumkin bo'lgan strategiyalar (o'sish, so'rilish orqali 
o'sish va boshqalar) 
4.
Raqobatchilarning texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlar, ularning 
kuchli va zaif tomonlari. 
Raqobatchilar o'zlarining strategiyasini amalga oshirishlari va maqsadlariga 
erishish uchun o'z maqsadlari va imkoniyatlariga bog'liq bo'lgan strategiyalar ishlab 
chiqib, ularni ustida ishlashlari zarur bo’ladi. Raqobatning kuchlari va zaif 
tomonlarini baholashning birinchi bosqichi - savdo hajmlari, bozor ulushi, foyda, 
pul oqimi, yangi investitsiyalar va ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanish. Ba'zi 
ma'lumotlarga ega bo'lish juda qiyin. Kompaniyalar o'rta tajriba orqali raqobatchilar 
va zaif tomonlari to'g'risida, shaxsiy tajriba va mish-mishlar orqali ma'lumot 
olishadi. Uning hajmini oshirish iste'molchilarning birlamchi marketing 
tadqiqotlarini o'tkazishga imkon beradi. Yetkazib beruvchilar va dilerlar bu ishda 
katta yordam bergan bo’lishadi. 
Korxonalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashda bir qancha usullar qo’l 
keladi. Ulardan biri S.W.O.T tahlil qilish tizimidir. Bu inglizcha so’zlarning 
qisqartlari bo’lib: 
S= Strength ya’ni kuchli tomonlari, bunda korxona qo’llay olishi mumkin bo’lgan 
barcha eng zo’r samara beradigan ishlar yoziladi. 
W= Weakness ya’ni zaif tomonlari, bunda qaysidur sohada yoki bo’lmasam 
faoliyatidagi qaysidur joyida bir ishni unchalik ham yaxshi amalga oshirmaydi. 
Shunday tomonlari yoziladi bu joyga. 
O= Opportunates ya’ni imkoniyatlari, bunda korxonada qandaydur bir yaxshi tomon 
borki, o’sha korxonani yaxshi foyda olishga, raqobatchilaridan sal bo’lsa ham 
ildamlab ketishiga imkon beradi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin