Korxonada marketing faoliyatini strategik rejalashtirish



Yüklə 10,94 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü10,94 Kb.
#206193
  1   2   3   4
Marketingda strategik rejalashtirish

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


IQTISODIYOT FAKULTETI
“Marketing” fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Baxshilloyev S
Tekshirdi: Bazarova F
Toshkent 2023

Korxonada marketing faoliyatini strategik rejalashtirish


1.Marketing faoliyatini rejalashtirish
2.Marketingda strategik rejalashtirish nima?
3.Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Kirish
Xulosa
4.Apple kompaniyasining marketing strategiyasi

Kirish


Marketingni rejalashtirishni qo‘llamaydigan korxonalar bozorda yo‘nalishni yo‘qotishi va ziyon ko‘rishi mumkin. Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi yo‘lgan qo‘yilgan korxonalar to‘laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi.

Marketing faoliyatini rejalashtirish


Marketingni rejalashtirish quyidagilarni belgilab beradi:
— butun korxona va uning bo‘linmalari aniq maqsadlarini;
— korxonaning bozordagi aniq yo‘nalishini;
— korxona ahvolini barqarorlashtirish va o‘sish yo‘llarini;
— korxona resurslarini alohida faoliyat yo‘nalishlari o‘rtasida optimal
taqsimlashni;
— optimal assortiment va tovarlarni tarqatish shartlarini;
— korxonaning marketing faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini.
Marketingni rejalashtirish bu – korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos holga keltirishga qaratilgan korxonaning bozordagi harakatlarini tahlil qilish, ishlab chiqish va nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Keng ma’noda marketing rejasi bu – korxonaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish va amalga oshirish usulidir. Amaliy jihatdan bu – korxonaning bozordagi maqsadlari, ularga erishish yo‘llari va chora-tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjat.

Sotsialistik reja asosidagi iqtisodiyot yillarida mavjud bo‘lgan buyruqbozlik rejalaridan farqli ravishda, marketing rejalari bajarilishi majburiy emas, chunki tashqi sharoitlar muntazam ravishda o‘zgarib turadi. Shu sababli marketingni rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki korxona menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy jihatlariga va yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Marketingni rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar korxona o‘z maqsadlariga erishish uchun bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini tushunishi mumkin.


Yüklə 10,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin