Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix10.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#61147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish

yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish rejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri 
bo’lib xizmat qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari 
bajarilishini ta’minlovchi bo’linmasini rivojlantirishga ko’proq e’tibor qaratiladi. 
Masalan, bunday bo’g’in sifatida mashinasozlik zavodida yig’uv sexi, 
to’qimachilik kombinatida yigiruv va to’quv sexlari, qandolatchilik fabrikasida 
tayyor masulot sexini ko’rsatish mumkin. 
Yetakchi bo’g’inni ajratib ko’rsatish korxonaning barcha bo’linmalarini 
birgalikda kompleks ravishda rivojlantirishni ko’zda tutadi. Chunki busiz 
rejalashtirish bir tomonlama bo’lib qolishi hamda ishlab chiqarishni tashkil etishda 
“tor joylar” va disproporsiyaning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Shu 
sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlari va 
bo’limlarining o’zaro aloqada bo’lishini hamda kompleks rejalashtirishni 
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ham rejalashtirishning balans 
usuli katta ahamiyatga ega. 
Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo’lib, u avvalo 
tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturlariga


shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobatchilik va bozor talablarini 
hisobga olishga asoslanadi. Rejalashtirishning ilmiyligi, jonli mehnat va 
mahsulotga aylangan mehnat xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha 
yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, korxona xodimlari manfaatdorligini 
oshirishga ko’maklashadi. 
Komplekslilik tamoyili ishlab chiqarishni, birinchidan, zamon va makonda, 
ikkinchidan, ishlab chiqarishni boshqarishning gorizontal va vertikalida
uchinchidan, ishlab chiqarishning resurs asoslarini ta’minlashda, to’rtinchidan, 
ishlab chiqarishdagi “tor joylarni” hisobga olish va ularni yo’qotish chora-
tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o’z mehnat-lari natijasidan moddiy va 
ma’naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning mo’ljallanayotgan daromad yoki 
foyda olishini amalga oshirishni ko’zda tutadi. 
Proporsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab 
chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proporsiyalarga 
amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining sexlar va ish joylari 
bo’yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to’g’ri taqsimlanishiga va ulardan 
to’g’ri foydalanishga ko’maklashadi. 
Proporsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi 
uchastkalarda kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya’ni disproporsiyalarning 
vujudga kelishiga hamda korxonalarning noritmik tarzda faoliyat yuritishiga sabab 
bo’ladi. Zaruriy proporsionallikni ta’min-lashda ishlab chiqarishni tashkil etishni 
texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o’ynaydi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin