Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli korxona sifatida maxalliy va xududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar


Qisqartirish va tugatish strategiyasi



Yüklə 79,14 Kb.
səhifə7/8
tarix14.10.2023
ölçüsü79,14 Kb.
#155198
1   2   3   4   5   6   7   8
7 мавзу

7.7. Qisqartirish va tugatish strategiyasi

Korporatsiya faoliyatining aniq yunalishi o’z jozibasini yuqotib quysa, bunday axvoldan omadli chiqish yuli biznesni sotish xisoblanadi. Mahsulotni sotish vaqtini va zaruratini aniqlashning muxim tamoyili «Agar biz mazkur faoliyat bilan shugullanmaganimizda, xozir shu sohada ish boshlarmidik?» degan savolga javob berish xisoblanadi. Agar javob salbiy bo’lsa, bunday korxonani sotish imkoniyatlarini xisoblab chiqish zarur.


Bunday korxonadan kutilishning ikkita yuli bor:
1. «Bosh» kompaniya aktsiyalarini bir qismini saqlab qolgan xolda yoki ulardan butunlay qutilib, bunday biznesdan chiqib ketishi mumkin.
2. Korporatsiya mahsulotni bevosita tashqariga sotishi mumkin, lekin bu xolda xaridor topish kerak bo’ladi. Odatda sotishda «Mazkur biznesni biz kimga sotishimiz va buning uchun biz qancha olishimiz mumkin?» degan no’qtai nazardan qaramaslik kerak. Aksincha, «Kim uchun bu korxona muvaffakiyatli xarid bo’lishi va qanday vaziyatda ular uchun ma’qul bo’lishi mumkin?» deb so’ralsa oqilona ish bo’ladi. Qaysi tashkilot uchun bunday korxonani sotib olish shubxasiz foydali bo’lsa, shu tashkilot eng yuqori bahoda sotib olishi mumkin.
Barcha mavjud strategik muqobil variantlar ichida tugatish ayniqsa yagona biznes bilan shug’ullanuvchi korxonalar uchun eng noxush va ayanchli xisoblanadi. CHunki ular uchun bunday vaziyat tirikchilik o’tkazishni butunlay to’xtatishni bildiradi. SHunga qaramay ilojsiz qolgan sharoitda erta tugatish, bankrot bo’lishga qaraganda aktsiyadorlar manfaatiga mos keladi.


7.8. Qayta tarkiblashtirish strategiyasi

Portfelni tiklash tejamkorlik va qayta tarkiblash strategiyasi xaridorlari qashshoklashayotgan korxonalarda vaziyatni o’zgartirish talab etilgan taqdirda qullaniladi.


Tiklashning korporativ strategiyasi zararga ishlayotgan korxonalardan qutulishga emas, ularni qayta tiklashga urg’u beradi. Bunday strategiyaning maqsadi xaridorlarning umumiy sonini kamayishiga «katta xissa» qo’shayotgan korxonalarning muammolarini xal etish yo’li bilan korporatsiyani sog’lomlashtirishdan iborat.
Tejamkorlikning korporativ strategiyasi diversifikatsiyalash miqyoslarini qiskartirish va korxonalar sonini kamaytirishga o’z etiborini qaratadi.
Portfelni qayta tarkiblash strategiyasi tarkibni va korporatsiyaning ishbop portfelida foiz nisbatlarini tubdan qayta ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Qayta tarkiblashga bo’lgan extiyoj quyidagi vaziyatlarda paydo bo’lishi mumkin:
1. Korporatsiyani strategik tahlil qilish portfelda sekin rivojlanayotgan, zarar bilan ishlayotgan va zaif korxonalarning katta xajmda mavjudligi natijasida kompaniyaning o’zoq muddatdagi istiqbollari o’z jozibasini yo’qotib quyganligi to’grisida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
2. Bir yoki bir nechta kalit yunalishlar qiyin paytlarni boshdan kechirayotgan paytlarida.
3. Kompaniyaning yangi raxbariyati korporatsiyaning strategik siyosatini qayta ko’rib chiqish xaqida qaror qabul qiladi.
4. Yangi texnologiyalar va mahsulotlar paydo bo’ladi.
5. Korxonada shunday katta korxonani sotib olish imkoniyati paydo bo’ladiki, bunday loyixani moliyalash uchun kichik korxonalarni sotish zarur bo’ladi.
6. Portfeldagi ko’pgina yunalishlar borgan sari jozibasizroq bo’lib boradi va ularni jiddiy ravishda qayta ko’rib chiqish talab etiladi.



Yüklə 79,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin