Shaxtalarni kategoriyalarga ajratishda mezon sifatida ular- ning nisbiy metandorlik darajasi, ya’ni 24 soat davomida o‘rtacha qazib olinadigan ko‘mirning 1 tonnasiga to‘g‘ri kela- digan ajralib chiquvchi (m3 da o‘lchanadigan) metan miqdori qabul qilingan.
Shaxta maydoni hududida ma’lum miqdorda foydali qazilma zaxiralari joylashgan bo‘lib, ular geologik, balans, balansdan tashqari va sanoat zaxiralari ko‘rinishlariga ajra- tiladi.
Geologik zaxira- shaxta maydoni hududida joylashgan foydali qazilmaning umumiy miqdori (zaxirasi).
Balans zaxira - zamonaviy texnika va texnologiya yorda- mida qazib olinishi mumkin bo‘lib, qazib olingan foydali qazilmani sanoat miqyosida ishlatilganda iqtisodiy samara beradigan geologik zaxiraning qismi.