Kompyuterni tashkil etilishi



Yüklə 14,25 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü14,25 Kb.
#180518
1   2   3   4   5   6
Eshmamatova M 5-mustaqil ish KTE

Mantiq algebrasi «rost» va «yolg‘on» – ko‘rinishdagi ikkita mantiq bilan ishlaydi. Bu shart «uchinchisi bo‘lishi mumkin emas» qonuni deb ataladi. Ushbu tushunchalarni ikkilik sanoq tizimidagi raqamlar bilan bog‘lash uchun «rost» ifodani 1 (mantiqiy bir) belgisi bilan, «yolg‘on» ifodani 0 (mantiqiy nol) belgisi bilan belgilab olamiz. Ular Bul algebrasi konstantalari deb ataladi.

Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi x1, x2, x3, …xn mantiqiy o‘zgaruvchilar (argumentlar)ning funktsiyasi hisoblanadi. Agar mantiqiy o‘zgaruvchilar soni n bo‘lsa, u holda 0 va 1lar yordamida 2n ta kombinatsiya hosil qilish mumkin. Masalan, n=1 bo‘lsa: x=0 va x=1; n=2 bo‘lsa: x1x2=00,01,10,11 bo‘ladi. Har bir o‘zgaruvchilar majmui uchun

u 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin. Shuning uchun n ta o‘zgaruvchini 22n ta turli mantiqiy funktsiyalarga o‘zgartirish mumkin, masalan, n=2 bo‘lsa 16, n=3 bo‘lsa 256, n=4 bo‘lsa 65536 funktsiya.

n o‘zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funktsiyalarini uchta asosiy amal yordamida hosil qilish mumkin:

Mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o‘zgaruvchi ustiga «–»belgi qo‘yish bilan amalga oshiriladi;

Mantiqiy qo‘shish (diz’yunktsiya, YOKI amali), «+» belgi qo‘yish bilanamalga oshiriladi;

Mantiqiy ko‘paytirish(kon’yunktsiya, HAM amali), «·» belgi qo‘yishbilan amalga oshiriladi.

Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun «=» belgisi qo‘yiladi.

Mantiqiy funktsiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo‘lishlari mumkin: algebraik, jadval, so‘z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiy funktsiyalarni berish uchun mumkin bo‘lgan argumentlar majmuidan talab qilinayotgan mantiqiy funktsiya qiymatini berish yetarli. Funktsiya qiymatlarini ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi. Ikki o‘zgaruvchi uchun to‘liq mantiqiy funktsiyalar majmui keltirilgan.

Mantiqiy amallarni ko‘rib chiqish uchun jadvalda keltirilgan aksioma va qonunlar qatoridan foydalanamiz.


Yüklə 14,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin